“Dolzarb 90 kunlik” tadbirlari doirasida Milliy gvardiya Namangan viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan yozgi ta’til vaqtida bolalar va yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, o'sib kelayotgan yosh avlodni vatanparvarlik va Vatanga bo‘lgan muhabbat ruhida tarbiyalash hamda ular o‘rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi samaradorligini yanada oshirish maqsadida Chust tumanidagi "Obi-Hayot" bolalar oromgohida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi. Tadbir davomida sport musobaqalari hamda zamonaviy qurollar va harbiy texnikalarining namoyishi o‘tkazildi.
Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari oʻrtasida oʻtkazilgan “Huquq bilimdoni” Ombudsman viktorinasi gʻoliblari aniqlandi
Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo'yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilarining farzandlari, viloyatdagi Oilaviy uylar farzandlari, “SOS-O’zbekiston bolalar mahallalari” uyushmasi Urganch filiali bolalari Ogahiy nomidagi viloyat musiqali drama teatriga olib borildi. Bolalar e'tiboriga "Beg‘ubor bolalik" nomli spektakl havola etildi.
Milliy gvardiya Samarqand viloyati bo’yicha boshqarmasi tomоnidan Oilaviy uylar farzandlari uchun Samarqand shahrining tarixiy hamda diqqatga sazovor joylariga sayohat tashkil etildi.
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Nurafshon city hududida yangi qad rostlagan “Vatanparvar bog‘i” da yuqori saviyada bayram tadbiri tashkil etildi. Tadbirda Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilarining farzandlari hamda Oilaviy uylar farzandlari ishtirok etdi.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat mudofaa boʻlimi va harbiy prokuraturasi hamda Yoshlar ittifoqi bilan hamkorlikda harbiy xizmatchilarning farzandlari o‘rtasida sportning qo‘l jangi turi bo‘yicha musobaqa tashkillashtirildi
Andijon shahrida joylashgan “Muruvvat uyi” da, “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan viloyat hokimligi, Milliy gvardiya Chavandozlar maktabi hamda boshqa mutasaddi idora va tashkilotlar hamkorligida "Yangi O'zbekistonning baxtiyor bolalari" nomli tadbir o‘tkazildi.
Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni arafasida Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi haqiqiy mo‘jizalar maskaniga aylandi Bu yerda bolalar uchun oʻtkazilgan bayram tadbiri har bir ishtirokchining yuragida yorqin xotira sifatida muhrlandi.
1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan o‘tkazilgan futbol musobaqasida Milliy gvardiya Toshkent shahri bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilarining farzandlari faol ishtirok etmoqda
YANGI OʻZBEKISTON – BAXTIYOR BOLALAR MAMLAKATI
Bugun Qoraqalpogʻiston Respublikasi Joʻqorgʻi Kengesi, Vazirlar Kengashi, Milliy gvardiya va boshqa tashkilot vakillari Respublika bolalar koʻp tarmoqli tibbiyot markaziga tashrif buyurib, u yerda davolanayotgan bolajonlarni bayram bilan tabriklashdi.
Jizzax viloyatidagi Oilaviy uylar farzandlarining taʼtildagi boʻsh vaqtlarini mazmunli va maroqli tashkil etish maqsadida togʻ yonbagʻriga sayohat uyushtirildi. Tabiatning go‘zalligini so‘zda taʼriflash qiyin, bolalar bu manzarani oʻz koʻzlari bilan tomosha qilib, ajoyib sharsharalar va musaffo havo bilan birgalikda, tabiatning har bir go‘zalligidan bahramand bo‘lishdi.