Milliy gvardiya Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan oilaviy uylar farzandlari holidan xabar olinib, yashash sharoitlari, axloqiy-ruhiy holati va oiladagi munosabatlari oʻrganildi.
Yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, barkamol avlodni voyaga yetkazish, yoshlar o‘rtasida ommaviy sport o‘yinlarini rivojlantirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari o‘rtasida “Sog‘lom hayot - baxtli kelajak garovi!” shiori ostidagi harbiy vatanparvarlik sport musobaqalari o‘tkazildi
Navroʻz umumxalq bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik koʻrish hamda obodonlashtirish va koʻkalamzorlashtirish maqsadida mamlakatimizning barcha hududlarida umumxalq xayriya hashari oʻtkazilmoqda. Shu munosabat bilan, Toshkent shahridagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari ham hasharda faol ishtirok etishmoqda.
Moʻynoq tumanidagi 4-sonli maktabning 10-11 sinf oʻquvchilari o'rtasida "Ona Vatanni himoya qilish muqaddas burch" shiori ostida harbiy sport musobaqasi o'tkazildi
Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan Yangihayot tumanidagi 329-sonli hamda Mirzo Ulugʻbek tumanidagi 120 va 284-sonli umumta'lim maktablarida profilaktik tadbir o'tkazildi.
Milliy gvardiya Sirdaryo va Jizzax viloyati bo‘yicha boshqarmalari harbiy xizmatchilari tomonidan Oilaviy uylar farzandlarining holidan xabar olinib, yashash sharoitlari, o‘qishga borib kelishlari va uy ishlarida ota-onalariga yordam berishlari haqida suhbatlar olib borildi. Bolalarning ta’lim jarayoni, tibbiy ko‘rikdan o‘tganligi, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari borasida sport va fan to‘garaklariga ishtirok etayotganliklari bo‘yicha yaqindan tanishib chiqildi.
Праздник Сумалака в доме милосердия
Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari tomonidan "Payshanba — huquqbuzarliklar profilaktikasi kuni” doirasida bir qator profilaktik tadbirlar amalga oshirilib, o‘quvchilarning yonida maktab hududida olib yurish taqiqlangan noqonuniy buyumlar mavjudligi aniqlandi. Barcha holatlar yuzasidan, o‘quvchilarning ota-onalari bilan tushuntirish ishlari olib borilib, maʼmuriy javobgarlik choralari qo‘llanildi.
Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari tomonidan viloyat hududida joylashgan Oilaviy uylar farzandlari holidan xabar olindi. Farzandlarning taʼlim jarayoni, tibbiy koʻrikdan oʻtganligi hamda oilada yaratilgan sharoitlar yaqindan oʻrganib chiqildi hamda psixoprofilaktik suhbatlar oʻtkazildi.
Milliy gvardiya Sirdaryo viloyati boʻyicha boshqarmasi, viloyat Maktabgacha va maktab taʼlimi boshqarmasi hamda Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda milliy armiyamiz uchun yetuk kadrlar boʻlib yetishishlariga zamin yaratish maqsadida Yangiyer shahridagi 8-sonli umumiy oʻrta taʼlim maktabida harbiy vatanparvarlik tadbiri oʻtkazildi. Tadbir davomida oʻquvchi yoshlar harbiy texnika va qurol-aslahalar bilan yaqindan tanishdilar.
30-sonli “Mehribonlik” uyida Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan bayram tadbiri boʻlib oʻtdi
“Men vatanparvarman” shiori ostida o‘quvchi-qizlar ishtirokida ko‘rik tanlov o‘tkazildi