Праздник в Домах "Мехрибонлик": проявление патриотизма и конкурс национальных блюд / / Шаг к новым вершинам / / ДЕНЬ ЗНАНИЙ (Андижан) / / Поздравление (https://t.me/Mehribonlikuz/11616) школьникам, учителям и наставникам нашей страны / / В общеобразовательных школах столицы 2 сентября были проведены мероприятия, посвящённые “Дню знаний”, на высоком уровне, и обеспечена безопасность (https://t.me/Mehribonlikuz/11606) граждан. // Малообеспеченным семьям, которые внесут информацию о высаженных ими деревьях на платформу «Экоактивный гражданин», будет выделяться субсидия в размере 1 БРВ за каждые 100 высаженных деревьев / / В рамках программы «Долзарб 90 кун» проводятся встречи спортсменов с молодежью / / В детских лагерях продолжаются патриотические мероприятия / / В рамках проекта «Долзарб 90 кун» проводится ряд патриотических, спортивных и духовно-просветительских мероприятий для обеспечения содержательного досуга детей в период летних каникул / /   Общественная группа «Калкон» провела акцию «Здоровый образ жизни – залог счастливого будущего!» с участием учащихся школ и молодежи / / В хашаре, организуемом в преддверии Навруза, активно участвуют воспитанники Домов "Мехрибонлик" № 22 и № 30 / / Среди учащихся 10-11 классов школы № 4 Муйнакского района прошли военно-спортивные соревнования под девизом «Защита Родины – священный долг» / / Сотрудники Национальной гвардии и органов внутренних дел провели профилактические мероприятия в школах г. Ташкента / /   В школах столицы проводятся мероприятия с учащимися / / Ахборот 24 | Военно-патриотические мероприятия / / В целях раннего предупреждения правонарушений среди учащихся проводятся профилактические мероприятия / / В г. Чирчике проходит чемпионат Узбекистана по стрельбе из лука / / Министерство дошкольного и школьного образования организовало открытый диалог с участием родителей в средней школе №35 города Бухары. В мероприятии приняли участие заместитель министра дошкольного и школьного образования Ф. Бокиев и заместитель командующего Национальной гвардией С. Мамаюсупов / / Управление Национальной гвардии по Ташкентской области совместно с Военной прокуратурой г.Чирчика провели встречу руководителей с молодежью / / Реализация системы «семья - махалля - школа» на практике / / Уделяется внимание реализации концепции «Безопасная школа» / / Работа по укреплению цепочки «школа - семья - махалля» / / Специальный репортаж : Продолжается совершенствование системы профилактики правонарушений среди несовершеннолетних / / Вы можете познакомиться с деятельностью семейных детских домов и внутренними переживаниями детей, оставшихся без попечения родителей // Повсеместно проводятся мероприятия, посвященные 584-й годовщине со дня рождения Алишера Навои / / В школе №16 Термезского района прошла встреча руководителей и молодежи / / Проведены военно-патриотические спортивные соревнования «Турон йўлбарслари» / / Среди школьников прошли военно-патриотические спортивные соревнования под девизом «Народ и армия — едины» / / Сотрудники Национальной гвардии и представители Национального агентства социальной защиты провели совместную проверку деятельности семейных домов в Джизаке и Сырдарье / / В Управлении Национальной гвардии по Наманганской области прошел «День открытых дверей» / / В средней школе № 11 г. Ферганы проведен литературный вечер, посвященный творчеству Алишера Навои / / В войсковой части прошел «День открытых дверей» / / Инспекторы-психологи Управления Национальной гвардии и сотрудники прокуратуры провели в школе №2 Сариасийского района мероприятие под лозунгом «В моей школе нет места преступности!» / / В школе №31 города Джизака прошло мероприятие под лозунгом «Я – патриот» / / Смотрите 107-й выпуск передачи «Farzandim jigarbandim» / / Семинар-тренинг для инспекторов-психологов / / Управление Национальной гвардии по Ферганской области организовало патриотическое мероприятие для школьников и детей военнослужащих / / Проведены духовно-просветительские и спортивные мероприятия / / Сотрудники Управления «Охрана» Ферганской области организовали специальные мастер-классы по стрельбе из лука в школе для детей с особыми образовательными потребностями, обучающимися в школе №1 г. Ферганы / / Проводятся патриотические мероприятия для молодежи // Организован обучающий семинар для лидеров «Ватан таянчи» // В школах проводятся мероприятия, направленные на профилактику наркомании // В войсковой части проведены День открытых дверей и встреча трех поколений / / В Ташкентском институте технологий, менеджмента и коммуникаций (TMC) – филиале Академии TMC в Сингапуре состоялось духовно-просветительское мероприятие, посвященное Дню защитников Родины, в котором участвовали военнослужащие Национальной гвардии 

Юридический совет

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil
31 iyuldagi 158-son qarori bilan tasdiqlangan Oilaviy bolalar uylari to‘g‘risidgi nizom oilaviy bolalar uyining maqomini, ularni tashkil etish, oilaviy bolalar uyiga bolalarni qabul qilish tartibini, tarbiyalovchi ota-onalarning hamda ana shunday uylarga tarbiyalash uchun berilgan bolalarning huquq va majburiyatlarini belgilaydi.

Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash, o‘qitish, sog‘lomlashtirish, aqliy, psixologik va jismoniy rivojlantirish, ularni ijtimoiy moslashtirish va muhofaza qilish uchun qulay shart-sharoitlar yaratish, ular uchun oiladagiga yaqin zarur sharoitlar vujudga keltirish oilaviy bolalar uyining asosiy vazifalari hisoblanadi.

Oilaviy bolalar uyi tuman (shahar) hokimining qarori bilan tashkil etiladi, qayta tashkil etiladi va tugatiladi. Oilaviy bolalar uyini tashkil etishni xohlagan er-xotinning tegishli arizasi, vasiylik va homiylik organining, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tumanlar va shaharlar idoralararo komissiyasining (keyingi o‘rinlarda voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya deb ataladi) er-xotinning tarbiyachilar — ota-onalar bo‘lishi va bolalarni tarbiya qilishga olishi imkoniyati to‘g‘risidagi xulosasi tuman (shahar) hokimining qarori qabul qilinishi uchun asos hisoblanadi.

Oilaviy bolalar uyi tashkil etishni xohlovchi er-xotin o‘zining yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga ariza bilan murojaat qilishadi.

Arizada er-xotinning familiyasi, ismi, otasining ismi, yashash joyi, bolalari (o‘zlariniki, farzandlikka olganlari) mavjud bo‘lgan
taqdirda - ularning soni va yoshi ko‘rsatiladi.

Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

ma’lumoti to‘g‘risidagi hujjatlarning, nikohdan o‘tganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxalari;

ish va o‘qish joyidan ma’lumotnoma (ishlamayotgan yoki belgilangan tartibda ishsiz deb e’tirof etilganlar uchun — mahalliy mehnat organlarining ma’lumotnomasi);

mehnat daftarchasidan ko‘chirma (ish staji mavjud bo‘lsa);

oila a’zolari ko‘rsatilgan holda yashash joyidan ma’lumotnoma;

er-xotinda sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq bo‘lgan mulk huquqi, ijara shartlarida (ijaraga olingan) yoki boshqa qonuniy asoslarda turar joy mavjudligini tasdiqlovchi hujjat (tegishli turar joy mavjud bo‘lmagan taqdirda arizada xizmat turar joyi bilan ta’minlash zarurligi ko‘rsatiladi);

tibbiy maslahat komissiyasining er-xotinning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi xulosasi, psixiatriya va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari dispanseri ma’lumotnomalari.

Arizani topshirish vaqtida er-xotinning shaxsini tasdiqlovchi hujjat ko‘rsatiladi.

O‘zbekiston Respublikasining nikohdan o‘tgan, 35 yoshdan 50 yoshgacha bo‘lgan fuqarolari tarbiyalovchi ota-ona bo‘lishlari mumkin, quyidagi shaxslar bundan mustasno:

tarbiyalashga olinayotgan bolalar bilan qarindoshligi bo‘lganlar;

belgilangan tartibda muomalaga layoqatsiz yoki muomalaga layoqatliligi cheklangan deb e’tirof etilganlar;

ota-onalik huquqlaridan mahrum etilganlar yoki ota-onalik huquqi cheklanganlar;

o‘zlariga yuklangan majburiyatlarni zarur darajada bajarmaganlik uchun vasiylik (homiylik) majburiyatidan chetlashtirilganlar;

agar farzandlikka olish ularning aybi bilan sud tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, sobiq farzandlikka olganlar;

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadigan kasalliklar ro‘yxatiga muvofiq bolalarni tarbiyalashga olishi taqiqlanadigan kasalligi mavjud bo‘lganlar;

qasddan qilgan jinoyati uchun sudlanganlar.

Vasiylik va homiylik organi er-xotinning arizasi asosida ariza berilgan kundan boshlab 30 kun mobaynida er-xotinning turmush sharoitlarini tekshiradi, tekshirish natijalariga ko‘ra tegishli xulosa bilan dalolatnoma tuzadi va ularni ko‘rib chiqish uchun voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyaga taqdim etadi.

Er-xotinning turmush sharoitlari, shu jumladan turar joy maydoni, sanitariya va boshqa sharoitlari O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi bilan birgalikda Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan normativlarga muvofiq bo‘lishi kerak.

Tekshirish vaqtida oilaning birgalikda yashaydigan barcha a’zolarining, shu jumladan o‘zining va farzandlikka olgan bolalarining (o‘n yoshdagi bolalarning roziligi majburiydir) fikri o‘rganiladi, ish joyidan tavsifnoma so‘raladi.

Tekshirish dalolatnomasi hamda vasiylik va homiylik organining xulosasi, shuningdek taqdim etilgan materiallar asosida voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiya tekshirish dalolatnomasi hamda vasiylik va homiylik organining xulosasi olingan kundan boshlab 20 kun mobaynida oilaviy bolalar uyi tashkil etish mumkinligi to‘g‘risida uzil-kesil xulosa tuzadi hamda uni vasiylik va homiylik organiga taqdim etadi.

Bunda tarbiyalovchi ota-ona bo‘lishni xohlovchi er-xotinning shaxsiy sifatlari, ularning sog‘lig‘i, bolalarni tarbiyalash bo‘yicha majburiyatlarni bajarishga layoqati (tayyorligi), o‘zlari bilan birga yashaydigan boshqa oila a’zolari bilan o‘zaro munosabatlari e’tiborga olinishi kerak.

Ota-onasining qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalashda ijobiy tajribaga va pedagogik ma’lumotga ega bo‘lgan oilalarga (farzandlikka oluvchilarga, vasiylarga, tutingan ota-onalarga) ustunlik beriladi.

Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyaning salbiy xulosasi tuzilgan kunidan boshlab 5 kun mobaynida vasiylik va homiylik organi tomonidan arizachilarga yetkaziladi. Ayni bir vaqtda arizachiga barcha hujjatlar qaytarib beriladi va xulosa yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi. Xulosa yuzasidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.

Voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha idoralararo komissiyaning xulosasi ijobiy bo‘lgan taqdirda vasiylik va homiylik organi xulosa tuzilgan kundan boshlab 5 kun mobaynida tuman (shahar) hokimiga oilaviy bolalar uyi tashkil etish taklifini hokimning tegishli qarori loyihasi bilan birga va barcha hujjatlarni ilova qilgan holda kiritadi.

Tuman (shahar) hokimining oilaviy bolalar uyi tashkil etish to‘g‘risidagi qarori qabul qilingan kunidan boshlab 5 kun mobaynida er-xotinga yetkaziladi.

  1. Tuman (shahar) hokimining qaroriga muvofiq oilaviy bolalar uyini tashkil qilish bo‘yicha tashkiliy masalalarni hal etish, shu jumladan oilaviy bolalar uyi ustavini tasdiqlash, oilaviy bolalar uyi rahbarini tayinlash vasiylik va homiylik organiga yuklanadi. Oilaviy bolalar uyiga rahbarlik qilish funksiyasi er-xotindan birining zimmasiga yuklanadi.

Oilaviy bolalar uyi tashkil etish uchun xizmat turar joyi ajratish tegishli uy-joy fondi mavjudligini hisobga olgan holda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiriladi.

 

Bolalar oilaviy bolalar uyiga tuman (shahar) hokimining qarori hamda vasiylik va homiylik organining tegishli yo‘llanmasi asosida beriladi.

Bolalarni oilaviy bolalar uyiga berish uchun tanlab olish er-xotin tomonidan vasiylik va homiylik organlari bilan birgalikda amalga oshiriladi.

Er-xotinning bolani tarbiyalashga berish to‘g‘risidagi iltimos bilan bola yashayotgan (joylashgan) joydagi vasiylik va homiylik organiga qilgan murojaatnomasi tuman (shahar) hokimining qaror qabul qilishi uchun asos hisoblanadi.

Murojaatnomaga tuman (shahar) hokimining oilaviy bolalar uyi tashkil etish to‘g‘risidagi qarori nusxasi ilova qilinadi.

Tarbiya va tibbiyot, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridan yoki ularning idoraviy mansubligidan va tashkiliy shaklidan qat’i nazar, boshqa shunga o‘xshash muassasalardan bolani tanlab olishda ushbu muassasalarning ma’muriyati bolani oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun olishni xohlovchi er-xotinni bolaning shaxsiy yig‘majildi va uning sog‘lig‘i to‘g‘risidagi tibbiy xulosa bilan tanishtirishi shart.

Muassasa ma’muriyati bola to‘g‘risida taqdim etilayotgan ma’lumotlarning ishonchliligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi.

Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun ota-onasining qarovisiz qolgan tug‘ilganidan boshlab o‘n sakkiz yoshgacha bo‘lgan bolalar beriladi.

Bolani oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun berishda vasiylik va homiylik organi bolaning manfaatlariga amal qiladi.

Bolani oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun berish uning fikrini hisobga olgan holda (10 yoshdan boshlab — faqat uning roziligi bilan) hamda bola yashayotgan tarbiya yoki tibbiyot, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasasi yoki boshqa shunga o‘xshash muassasa ma’muriyati roziligi bilan amalga oshiriladi.

 Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun kamida besh nafar, lekin ko‘pi bilan o‘n nafar bola beriladi. Bunda yangidan tashkil etilgan oilaviy bolalar uyiga bir yo‘la kamida besh nafar bola beriladi. Qolgan bolalar ularning tanlab olinishiga qarab berilishi mumkin.

Oilaviy bolalar uyidagi bolalarning, shu jumladan nikohdan o‘tgan er-xotinning qaramog‘idagi o‘zining va farzandlikka olgan bolalarining umumiy soni o‘n ikki nafardan oshmasligi kerak.

Oilaviy bolalar uyidan bolalarning 18 yoshga to‘lishi yoxud boshqa sabablar bo‘yicha ketishiga qarab unga yangi bolalar olinishi mumkin.

Agar tarbiyalovchi ota-onalar yoxud ulardan bittasi 55 yoshga to‘lsa, shuningdek bu — bola manfaatiga zid bo‘lsa, u holda oilaviy bolalar uyiga yangi bolalar olishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Tarbiyalovchi ota-onalar yoxud ulardan bittasi 55 yoshga to‘lsa, oilaviy bolalar uyi o‘z faoliyatini tarbiyalanuvchi bolalar o‘n sakkiz yoshga to‘lgungacha yoxud ular boshqa sabablarga ko‘ra ketgungacha amalga oshiradi.

O‘zaro qarindosh bo‘lgan bolalar, qoidaga ko‘ra bitta oilaviy bolalar uyiga beriladi, ular tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yoki boshqa sabablarga ko‘ra birga tarbiyalanishi mumkin bo‘lmagan hollar bundan mustasno.

Oilaviy bolalar uyiga berilayotgan har bir bolaga vasiylik va homiylik organlari yoki bola ularning qo‘lida bo‘lgan tarbiya, davolash muassasasi, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasasi va boshqa shunga o‘xshash muassasa quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:

  1. a) tug‘ilganlik to‘g‘risida guvohnoma;
  2. b) bolaning rivojlanishi tarixidan (yangi tug‘ilgan chaqaloq tarixidan) sog‘lig‘i to‘g‘risida ko‘chirma va psixonevrologning xulosasi,
  3. v) ma’lumoti to‘g‘risidagi tegishli hujjat (maktab yoshidagi bolalar uchun);
  4. g) bolaning yashash sharoitlarini tekshirish dalolatnomasi;
  5. d) ota-onalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar (o‘lim to‘g‘risidagi guvohnoma, sudning hukmi yoki qarori, kasallik, ota-onalar qidiruvi to‘g‘risida ma’lumotnoma va ota-onalarning yo‘qligini yoki ular o‘z bolalarini tarbiyalay olmasligini tasdiqlaydigan boshqa hujjatlar);
  6. e) aka-ukalar va opa-singillar, boshqa yaqin qarindoshlar borligi va ular qayerda ekanligi to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;
  7. j) bolaga tegishli mol-mulk ro‘yxati va ushbu mol-mulk saqlanishi uchun javob beradigan shaxslar to‘g‘risidagi ma’lumotlar;
  8. z) balog‘atga yetmagan bola ilgari egallab turgan turar joyning unga biriktirilishi, uy-joyga va (yoki) boshqa mol-mulkka mulk huquqi to‘g‘risidagi hujjatlar;
  9. i) aliment undirish to‘g‘risida sud qarorining nusxasi, pensiya olish huquqini tasdiqlaydigan hujjatlar, pensiya oladigan bolaga pensiya guvohnomasi, bolaning nomiga ochilgan qimmatli qog‘ozlar, bank hisob raqami mavjudligi to‘g‘risidagi hujjatlar.

Ko‘rsatib o‘tilgan hujjatlar bola oilaviy bolalar uyiga qabul qilingandan keyin ikki hafta muddatdan kechikmay bevosita tarbiyalovchi ota-onalarga beriladi.

Bolaning oilaviy bolalar uyida bo‘lishi muddati bolaning yashash joyi (turgan joyi)dagi vasiylik va homiylik organi bilan oilaviy bolalar uyi o‘rtasida tuziladigan shartnomada belgilanadi.

Tarbiyalovchi ota-onalar tarbiyalanuvchi bolalarning qonuniy vakillari hisoblanadi, ularning huquqlari va manfaatlarini, shu jumladan sudda, maxsus vakolatlarsiz himoya qiladi.

Tarbiyalovchi ota-onalar tarbiyalanuvchi bolalarga nisbatan vasiylar (homiylar) sifatida huquqlarga ega bo‘ladilar va javob beradilar.

Tarbiyalovchi ota-onalar:

bolani tarbiyalashga;

uning tinch-xotirjamligi to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilishga (sog‘lig‘i, ma’naviy va jismoniy rivojlanishiga);

bolaning ta’lim olishi, shu jumladan kasb-hunar ta’limi olishi uchun zarur shart-sharoitlar yaratishga, uni mustaqil hayotga tayyorlashga hamda uning huquq va manfaatlari himoya qilinishini ta’minlashga majburdir.

Tarbiyalovchi ota-onalarning huquqlari tarbiyalanuvchi bolalarning huquqlariga zid ravishda amalga oshirilishi mumkin emas.

Tarbiyalovchi ota-onalar bolalarni tarbiyalashda qonun hujjatlariga va xalqaro normalarga qat’iy amal qiladilar.

O‘z majburiyatlarini buzishda aybdor bo‘lgan ota-onalar qonun hujjatlariga muvofiq javob beradilar.

Tarbiyalovchi ota-onalar uzoq vaqt kasal bo‘lganda yoki ular vafot etgan taqdirda vasiylik va homiylik organlari fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organi bilan birgalikda hujjatlarni ushbu oilaning qo‘yiladigan barcha talablarga javob beradigan boshqa a’zosiga belgilangan tartibda qayta rasmiylashtirish va uni tarbiyalovchi ota-ona deb tayinlash yoxud tarbiyalanuvchi bolalarni joylashtirishninng boshqa shakllarini belgilash huquqiga egadir.

Oilaviy bolalar uyiga berilgan bola, agar bu bolaning (bolalarning), normal kamol topishi, tarbiyalanishiga zid bo‘lmasa, o‘z ota-onalari, qarindoshlari bilan shaxsiy aloqada bo‘lish huquqiga egadir. Ota-onalarning tarbiyalanuvchi bolalar bilan aloqa qilishiga tarbiyalovchi ota-onalarning roziligi bilan yo‘l qo‘yiladi. Nizoli holatlarda tarbiyalanuvchi bolalar bilan uning ota-onalari, qarindoshlari va tarbiyalovchi ota-onalar o‘rtasidagi muomala tartibi vasiylik va homiylik organlari tomonidan, bunday kelishuv bo‘lmagan taqdirda – sud tomonidan hal etiladi.

Oilaviy bolalar uyiga berilgan bolani farzandlikka olish yoki uni o‘z ota-onalariga yoxud qarindoshlariga qaytarish hokimning qarori bilan amalga oshiriladi.

Oilaviy bolalar uyiga berilgan bola o‘ziga berilishi kerak bo‘lgan alimentga, ijtimoiy nafaqalarga, pensiyaga (boquvchisini yo‘qotgandagi holat, nogironlik bo‘yicha) va qonun hujjatlarida ota-onalarning homiyligisiz qolgan bolalar uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa ijtimoiy imtiyozlar va kafolatlarga bo‘lgan huquqni o‘zida saqlab qoladi.

Tarbiyalovchi ota-onalarning bolaga tegishli bo‘lgan yuqorida aytib o‘tilgan mablag‘lardan foydalanishi taqiqlanadi.

Tarbiyalovchi ota-onalar tarbiyalanuvchi bolalarning mol-mulki (shu jumladan uy-joyi) joylashgan joydagi vasiylik va homiylik organlari bilan birgalikda mol-mulkdan foydalanishi va saqlanishi ustidan nazorat qilinishini ta’minlaydilar.

Bolalarni oilaviy bolalar uyiga joylashtirish tarbiyalovchi ota-onalar bilan tarbiyalanuvchi bolalar o‘rtasida aliment bilan bog‘liq va oila to‘g‘risidagi qonunlarda nazarda tutilgan meros bilan bog‘liq huquqiy munosabatlar kelib chiqishiga olib kelmaydi.

Tarbiyalanuvchi bolalarga tibbiy xizmat ko‘rsatish oilaviy bolalar uyi joylashgan joydagi hududiy davolash-profilaktika muassasasining tibbiyot xodimlari tomonidan ta’minlanadi.

Tarbiyalanuvchi bolalar ta’lim muassasalarida umumiy asosda o‘qiydilar.

Vasiylik va homiylik organlari oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun berilgan bolaning tinch-xotirjamligi, sog‘lig‘i (sog‘liqni saqlash organlari bilan birgalikda) va kamol topishi, uning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya qilinishini har oyda nazorat qiladilar.

Oilaviy bolalar uyi ta’minoti va uni moddiy-texnik ta’minlash davlat budjeti mablag‘lari, budjetdan tashqari mablag‘lar, ham O‘zbekiston Respublikasi rezidentlari, ham norezidentlari bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslarning xayriya ehsonlari, shuningdek qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar hisobiga amalga oshiriladi.

Oilaviy bolalar uyining buxgalteriya hisobi va hisobotini yuritish xalq ta’limi muassasalarini moliyalashtirish tegishli bo‘limlari tomonidan shartnoma asosida bepul amalga oshiriladi.

Oilaviy bolalar uyi davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgandan keyin hududiy moliya organlari oilaviy bolalar uyining shtat jadvalini va xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazadi.

Har bir tarbiyalanuvchi bolaning ta’minoti uchun «Mehribonlik» uylari tarbiyalanuvchilari uchun tasdiqlangan normativlarga muvofiq har oyda oilaviy bolalar uyiga:

oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechak, poyabzal, yumshoq jihozlar, xo‘jalik yuritishga, shaxsiy gigiyenaga, o‘yinga mo‘ljallangan buyumlar, o‘yinchoqlar, kitoblar sotib olishga;

sog‘lomlashtirish, ta’lim va madaniy-ommaviy tadbirlarga pul mablag‘lari to‘lanadi.

Oilaviy bolalar uyiga tarbiyalash uchun bir yilga va undan ko‘p vaqtga berilayotgan bolaga mebel va zarur jihozlar sotib olish uchun mablag‘lar ajratiladi.

Oilaviy bolalar uylari xarajatlari smetalarida kommunal xizmatlarga (tabiiy gaz, issiq suv, sovuq suv, kanalizatsiya va foydalanish xarajatlari uchun), elektr energiyasiga haq to‘lashga budjet mablag‘lari nazarda tutiladi, oilaviy bolalar uylarining boshqa xarajatlari esa (joriy va mukammal ta’mirlash) budjetdan tashqari mablag‘larni va boshqa mablag‘larni jalb etish hisobiga amalga oshiriladi.

Oilaviy bolalar uyi muassasalarning ushbu toifasi uchun qonun hujjatlarida belgilangan imtiyozlardan foydalanadi.

Budjetning g‘azna ijrosiga o‘tmagan mintaqalarda oilaviy bolalar uyi ta’minotiga ajratiladigan pul mablag‘lari har oyda belgilangan muddatlarda uning bank hisob raqamlariga o‘tkaziladi.

G‘azna ijrosiga o‘tgan mintaqalarda oilaviy bolalar uylari xarajatlarini davlat budjeti mablag‘lari hisobiga moliyalashtirish uchun belgilangan tartibda tasdiqlangan va ro‘yxatdan o‘tkazilgan xarajatlar smetasi asosida G‘aznachilik bo‘linmalarida g‘azna hisob raqamlari ochiladi.

Budjetdan tashqari mablag‘larni o‘tkazish uchun oilaviy bolalar uylari alohida bank hisob raqamlari ochishga haqlidir.

Tarbiyalovchi ota-onalar mehnatiga haq to‘lash, ularni moddiy rag‘batlantirish hamda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa to‘lovlar belgilangan tartibda davlat budjeti hisobiga amalga oshiriladi.

Oilaviy bolalar uyining tarbiyalovchi ota-onalariga mehnatga haq to‘lash shartlari, har yilgi ta’tillar berish, shuningdek «Mehribonlik» uylari tarbiyalovchilari uchun belgilangan imtiyozlar va kafolatlar, shu jumladan moddiy rag‘batlantirishning amaldagi turlari joriy etiladi.

Oilaviy bolalar uyi mol-mulkni va pul mablag‘larini, shu jumladan hadya sifatida olingan mol-mulk va pul mablag‘larini, xayriyalar, homiylik mablag‘lari va qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa manbalar mablag‘larini o‘z xohishiga ko‘ra faqat bolalarning ehtiyojlari uchun tasarruf qilishga haqlidir.

Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchi bolalar uchun sanatoriylar, dam olish uylari, sog‘lomlashtirish oromgohlariga imtiyozli, shu jumladan bepul yo‘llanmalar olish huquqiga egadir.

Oilaviy bolalar uyini moddiy qo‘llab-quvvatlash va tarbiyalanuvchi bolalarni mustaqil hayotga va mehnatga tayyorlash maqsadida oilaviy bolalar uyi vasiylik va homiylik organi bilan kelishgan holda tadbirkorlik faoliyatini yoki qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa faoliyatni tashkil etishga haqlidir.

 

Bolalarni oilaga tarbiyaga olish - O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 21 noyabrdagi 739-son qarori bilan tasdiqlangan Voyaga yetmagan bolalarni farzandlikka va bolalarni oilaga tarbiyaga olish (patronat) to‘g‘risidagi nizomga muvofiq amalga oshiriladi.

Farzandlikka olgan oila ota-onalar qarovisiz qolgan bolalarni tarbiyalash shakllaridan biri hisoblanadi. Ota-onalar qarovisiz qolgan bolani (bolalarni) tarbiya qilish uchun olishni istaydigan fuqarolar (er-xotin yoki alohida fuqarolar) tutingan ota-onalar deb ataladi, ushbu oila esa farzandlikka olgan oila hisoblanadi.

Ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan voyaga yetmagan bolalar, shu jumladan, tarbiya va davolash muassasalarida, shuningdek, aholini ijtimoiy himoya qilish muassasalaridagi bolalar oilaga tarbiyaga beriladi.

Farzandlikka olgan oiladagi bolalarning umumiy soni, o‘z bolalari va farzandlikka olingan bolalar bilan birgalikda, qoidaga ko‘ra, 8 nafardan oshmasligi kerak.

Bolalarni oilaga tarbiyaga olish ixtiyoriy bo‘lib, u vasiylik va homiylik organlari bilan bolani olish istagini bildirgan shaxslar o‘rtasida tuzilgan maxsus shartnoma asosida amalga oshiriladi.

Farzandlikka olgan oilani tashkil etish tartibi.

Voyaga yetgan har ikki jinsdagi shaxslar tutingan ota-ona bo‘lishlari mumkin, quyidagilar bundan mustasno:

sud tomonidan muomalaga layoqatsiz yoki muomala layoqati cheklangan deb e’tirof etilgan shaxslar;

sud tomonidan ota-onalik huquqidan mahrum qilingan yoki ota-onalik huquqi cheklangan deb e’tirof etilgan shaxslar;

qonun bilan o‘z zimmasiga yuklangan majburiyatlarni lozim darajada bajarmagani uchun vasiylik yoki homiylik vazifalarini bajarishdan chetlashtirilgan shaxslar;

o‘z zimmalariga yuklangan majburiyatlarni bajarishdan bo‘yin tovlaganligi yoki ularni lozim darajada bajarmaganligi, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilganligi, farzandlikka olinuvchilarga nisbatan shafqatsizlik bilan muomalada bo‘lganliklari, shuningdek, muttasil ichkilikbozlikka yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lganliklari uchun farzandlikka olish sud tomonidan bekor qilingan bo‘lsa, ilgari farzandlikka bola olgan shaxslar;

qasddan qilingan jinoyatlari uchun ilgari hukm qilingan shaxslar;

sog‘lig‘ining yomonligi tufayli bola tarbiyalash majburiyatini bajara olmaydigan shaxslar.

Qaysi kasallikka chalingan taqdirda bolani tarbiyaga olish taqiqlanadigan kasalliklar ro‘yxati O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan belgilanadi.

Bolani (bolalarni) farzandlikka olishni xohlovchi shaxslar o‘z yashash joyidagi vasiylik va homiylik organiga tutingan ota-onalar sifatida hisobga qo‘yish to‘g‘risidagi iltimos bildirilgan arizani beradilar.

Arizaga quyidagilar ilova qilinishi kerak:

nikoh to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi (agar nikohda bo‘lsa) yoki nikohda turmasligi haqidagi ma’lumotnoma;

er-xotindan biri tomonidan farzandlikka olinayotgan bo‘lsa, boshqasining roziligi (agar er-xotin oilaviy munosabatlarni tugatgan, bir yildan ortiq birga yashamayotgan bo‘lsa va erning (xotinning) yashash (turgan) joyi noma’lum bo‘lsa, shuningdek, bu holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar mavjud bo‘lsa, farzandlikka olishda uning roziligi talab qilinmaydi);

ish joyidan egallab turgan lavozimi va ish haqi ko‘rsatilgan yoki boshqa daromad manbalari to‘g‘risidagi ma’lumotnoma;

farzandlikka olishni xohlovchi shaxsning sog‘lig‘i holati haqida tibbiy xulosa (psixiatriya, sil kasalligiga qarshi kurash va narkologiya muassasalari, teri-tanosil kasalliklari ma’lumotnomalari);

qasddan sodir etgan jinoyati uchun ilgari sudlanmaganligi haqida ichki ishlar organining axborot markazidan olingan ma’lumotnoma;

sanitariya qoidalari va normalariga muvofiq bo‘lgan mulk huquqidagi, ijara (ijaraga olish) shartlaridagi yoki boshqa asoslardagi uy-joy mavjudligini tasdiqlaydigan hujjat.

Ariza berishda shaxsni tasdiqlaydigan hujjat ko‘rsatiladi.

Vasiylik va homiylik organi ariza berilgan kundan boshlab 10 ish kuni mobaynida oilaning turmush sharoitlarini, bolalarni tarbiyaga olishni istaganlarning moddiy ta’minlanganlik holatini tekshiradi, tekshirish dalolatnomasini tuzadi va tekshirish dalolatnomasi asosida ularni hisobga qo‘yadi.

Hisobga qo‘yish yoki hisobga qo‘yishni rad etish to‘g‘risidagi qaror ariza beruvchilar e’tiboriga qaror qabul qilingan kunidan boshlab 5 kun muddatda yetkaziladi. Hisobga qo‘yish rad etilgan taqdirda ariza beruvchiga barcha hujjatlar qaytariladi va qaror yuzasidan shikoyat qilish tartibi tushuntiriladi.

Yuqorida ko‘rsatib o‘tilgan hisobda turgan shaxs vasiylik va homiylik organlari bilan kelishgan holda vasiylik va homiylik organlarida hisobda turgan va ota-onalar qarovisiz qolgan, shu jumladan, tarbiyalash va davolash muassasalaridagi, shuningdek, aholini ijtimoiy muhofaza qilish muassasalaridagi voyaga yetmagan bolalarning dastlabki tanlab olinishini amalga oshiradi.

Tutingan ota-onalarni tanlash vasiylik va homiylik organlari tomonidan amalga oshiriladi.

Bolalarni oilaga tarbiyaga berish ularning xohishini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. O‘n yoshga to‘lgan bolalarni faqat ularning roziligi bilan oilaga tarbiyaga berish mumkin.

O‘zaro qarindosh bo‘lgan bolalar, qoidaga ko‘ra, bitta oilaga beriladi, tibbiy ko‘rsatkichlar bo‘yicha yoki boshqa sabablarga ko‘ra ular birga tarbiyalanishi mumkin bo‘lmagan hollar bundan mustasno.

Bolalarni farzandlikka oladigan oilaga tarbiyalash uchun berish namunaviy bitim asosida amalga oshiriladi. Bolalarni tarbiyalash uchun oilaga qabul qilish to‘g‘risidagi bitim vasiylik va homiylik organlari bilan tutingan ota-onalar o‘rtasida tuziladi.

Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuvda tutingan ota-ona to‘g‘risida ma’lumotlar (yashash joyi, pasporti, oilaviy sharoiti), bolani ta’minlash sharoitlari, bolalarni tarbiyalash va ularga ta’lim berish, tutingan ota-onalarning huquq va majburiyatlari, vasiylik va homiylik organlarining tutingan oilaga nisbatan majburiyatlari, shuningdek, bunday kelishuvni bekor qilish asoslari va oqibatlari ko‘rsatilishi kerak.

Vasiylik va homiylik organi tutingan ota-onalar bilan kelishuv tuzilishigacha bolani tarbiyaga olayotgan oilaning turmush sharoitlarini o‘rganib chiqishi va ushbu oila a’zolari sog‘lig‘ining ahvoli haqida ma’lumotlar to‘plashi shart.

Vasiylik va homiylik organlari oilaga tarbiyalash (patronat) uchun berilgan bolalarni har yili bir marta kiyim-bosh, poyabzal hamda bolani o‘z tarbiyasiga olgan tutingan ota-onalarni qonun hujjatlarida belgilangan miqdorda har oyda nafaqa bilan ta’minlaydilar.

Tutingan ota-onaga homiylar, tashkilotlar, idoralar, ayrim shaxslar tomonidan bolalarni tarbiyalash maqsadida turli moddiy va ma’naviy yordam berilishi ham mumkin.

 

Bolalarni tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuv muddatidan oldin quyidagi sabablar bo‘lganda tutingan ota-onaning tashabbusi bilan bekor qilinishi mumkin:

kasalligi;

oilaviy yoki mulkiy mavqening o‘zgarishi;

bolalar bilan o‘zaro bir-birini tushunmaslik va boshqalar.

Bolalarni tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuv vasiylik va homiylik organining tashabbusi bilan yoki bolalar ota-onalarga qaytarilgan yoxud ular farzandlikka olinganda muddatidan oldin bekor qilinishi mumkin.

Bolalarni oilaga tarbiyaga olish to‘g‘risidagi kelishuvlarni to‘xtatish to‘g‘risidagi nizolar sud tartibida hal qilinadi.

 Oilaga tarbiyaga olingan bolalarning huquqlari

Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar:

o‘zlariga tegishli bo‘lgan aliment, shuningdek, pensiya, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlarni olish;

uy-joyga bo‘lgan mulk egaligi yoki uy-joydan foydalanish huquqini;

qonun hujjatlariga muvofiq uy-joy olish huquqlarini saqlab qoladilar.

Farzandlikka oladigan oilaga tarbiyalash (patronat) uchun berilgan bolalarga qonun hujjatlarida ota-onalar qarovisiz qolgan bolalar uchun nazarda tutilgan barcha imtiyozlar tatbiq etiladi.

Oilaga tarbiyaga berilgan bolalar o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ota-onasi va qarindoshlari bilan ko‘rishish huquqiga ham egadirlar.

Oilada o‘z manfaatiga daxldor har qanday masala hal qilinayotganida bola o‘z fikrini bildirishga haqlidir.

Tutingan ota-onaning huquq va majburiyatlari

Tutingan ota-ona tarbiyaga olingan bolaga nisbatan vasiy huquqlari va majburiyatlariga egadirlar, ya’ni o‘z qaramog‘idagi shaxslarning qonuniy vakillari hisoblanadilar va ular nomidan hamda ularning manfaatlarini ko‘zlab barcha zarur bitimlarni tuzadilar.

Ular o‘z qaramog‘idagi shaxslarga o‘z huquqlarini amalga oshirishda va majburiyatlarini bajarishda ko‘maklashadilar, shuningdek, ularning huquqlari uchinchi shaxslar tomonidan suiiste’mol etilishidan himoya qiladilar.

Bolalarni tarbiyaga olgan shaxslar o‘z huquqlaridan g‘arazgo‘ylik yoki boshqa niyatlarda, tarbiyasidagi bolalarga zarar keltirgan holda foydalansalar, shuningdek, ularni nazoratsiz hamda zarur moddiy yordamsiz qoldirsalar, vasiylik va homiylik organlari bolalarni tarbiyaga olgan shaxslarni qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka tortish masalasini qo‘zg‘atishga haqlidir.

Vasiylik va homiylik organlari oilaga tarbiyaga berilgan bolalarning turmush sharoitlarini va ularning tarbiyalanishini kuzatib boradilar.

 

asdasdasdasdasdasdasd