Navoiy viloyati Qiziltepa tumanida joylashgan “Tabassum” bolalar sog‘lomlashtirish maskanida Yoshlar ishlari agentligining viloyat boshqarmasi, Mudofaa ishlari boshqarmasi hamda Milliy gvardiya hamkorligida yurtimiz yoshlarini vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga qaratilgan tadbir tashkil etildi.
Tadbir doirasida “Chaqmoq trening” nomli harbiylashtirilgan sport musobaqasi o‘tkazildi. Ushbu bellashuv yoshlarning jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va jamoaviylik qobiliyatini sinovdan o‘tkazdi.
Mazkur tashabbus yoshlarda harbiy-vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarziga rag‘batlantirish va ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qilmoqda