News

Milliy gvardiya Xorazm viloyati boʻyicha boshqarmasi va Urganch shahar harbiy prokuraturasi bilan hamkorlikda olis hududlarda yashayotgan oʻquvchi qizlar oʻrtasida "Men vatanparvarman" koʻrik tanlovi oʻtkazildi.

26.4.2025 843

Unda oʻquvchi qizlarning bilimlari sinovdan oʻtkazilib, ular tomonidan ona Vatanga muhabbat, sadoqat, tinchlik qadri, buyuk ajdodlarimiz va maʼrifatparvar jadidlarimiz siymosi, shuningdek, Toʻmaris va boshqa ajdodlarimiz jasorati aks etgan sahna koʻrinishlari bilan chiqishlar qilindi.
Yakunda gʻolib va sovrindorlar hamda faol oʻquvchi qizlar faxriy yorliq, diplom hamda esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi.