News

BAYRAMINGIZ MUBORAK, AZIZ USTOZLAR!

30.9.2024 1124

O‘qituvchilik – dunyodagi eng e’zozli, ehtirom va e’tiborga loyiq, qalblarga yaxshilik, ezgulik, komillik olib kiruvchi muborak kasbdir. Ustozlarimiz yoshlarga ilm, bilim berish bilan bir qatorda barkamollik sari yetaklaydi.

1-oktabr – “Ustoz va murabbiylar kuni” munosabati bilan Navoiy viloyatining Nurota tumanida joylashgan 18- sonli IDUMda faoliyat yuritayotgan pedagog xodimlar sana munosabati bilan tantanali kutib olindi va bayram bilan qutlandi.