News

Bolajonlar uchun "Xalq va armiya bir tan-u bir jon" shiori ostida konsert dasturi tashkil etildi.

29.7.2022 2114

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi "Maʼnaviyat va maʼrifat markazi" ashula va raqs ansambli hamda O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi viloyat kengashi bilan hamkorlikda, Respublika o‘g‘il bolalar o‘quv-tarbiya muassasasi tarbiyalanuvchilari, viloyatda tashkil etilgan Oilaviy bolalar uyi bolajonlari uchun "Xalq va armiya bir tan-u bir jon" shiori ostida konsert dasturi tashkil etildi.

Tadbir davomida xonandalar tomonidan turli ko‘y-qo‘shiqlar kuylanib, ishtirokchilarga bayramona kayfiyat ulashildi.

Shuningdek, milliy anʼana va qadriyatlirimizni o‘zida jam qilgan o‘zbek milliy raqslari tomoshabinlar eʼtiboriga havola etildi.