News

Yig‘ilishda oilaviy bolalar uylarini qo‘llab-quvvatlash masalasi ko‘rib chiqildi.

29.4.2022 1491

Ularga byudjetdan mablag‘ ajratish tartibi soddalashtirilishi taʼkidlandi. Yaʼni, kundalik xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ ota-onalarning shaxsiy plastik kartasiga o‘tkaziladi.

Shuningdek, oilaviy bolalar uylarining kommunal to‘lovlari aholi uchun belgilangan tariflarda olinadi.

Bundan tashqari, yetim va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan talabalarga oziq-ovqat va kiyim-kechak xaridi uchun 10 million so‘mdan ajratish amaliyoti nodavlat oliygohlarda ham joriy etiladi.

Umuman, 376 ta mehribonlik, saxovat va muruvvat uylari, maxsus maktab-internatlarni taʼmirlash va jihozlash bo‘yicha 600 milliard so‘mlik alohida dastur qabul qilinadi.