News

MEHRIBONLIK UYI TARBIYALANUVCHILARI CHUQURLASHTIRILGAN TIBBIY KO‘RIKDAN O‘TKAZILMOQDA

16.9.2021 1883

Toshkent viloyati Bo‘ka tumanida joylashgan 15-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari viloyat tibbiyot markazi malakali shifokorlari tomonidan chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi. Shuningdek, Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi psixologlari tomonidan tarbiyalanuvchi qizlarni oilaviy muhitga tayyorlash maqsadida “Oila muqaddas dargoh” mavzusida ochiq muloqot tarzidagi davra suhbati tashkillashtirildi.