News

Oxirgi yillarda ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar, boquvchisini yo‘qotgan xotin-qizlar, nogironligi bo‘lgan shaxslar, og‘ir kasallikka chalinganlarga g‘amxo‘rlik ko‘rsatish bo‘yicha yangi tizim yaratilgani taʼkidlandi.

29.4.2022 1422

Ushbu tizimga muvofiq, jumladan:

- “Mehribonlik uylari”dagi 1,5 mingga yaqin o‘g‘il-qizlar oilalarga olindi, 116 ta oilaviy uy tashkil qilinib, 700 ga yaqin farzandlar ota-ona bag‘rida voyaga yetishi uchun sharoit yaratildi.

Buning hisobiga, 10 ta “Mehribonlik uyi”, 4 ta “Bolalar shaharchasi” va 2 ta “Bolalar uylari” yopildi;

- o‘tgan yili 757 nafar bola uy-joy bilan taʼminlandi, 2022 yil yakuniga qadar yana 350 ta ajratiladi;

- davlat hisobidan 4 mingdan ziyod bolalarda murakkab operatsiyalar o‘tkazildi;

- o‘tgan yili 42 mingga yaqin nogironligi bo‘lgan shaxslarga olib berildi;

- o‘tgan yili eshitish qobiliyati zaif 555 nafar bola koxlear implant bilan taʼminlandi, joriy yilda yana 250 nafar bolaga shunday yordam ko‘rsatiladi;

- 4 ming nafar ko‘zi ojiz bolalarga Brayl alifbosi tarqatildi.