News

OILAVIY BOLALAR UYI TARBIYALANUVCHILARI HAMISHA E'TIBOR MARKAZIMIZDA !

25.9.2024 1208

Milliy gvardiya Samarqand  viloyati bo‘yicha boshqarmasi  harbiy xizmatchilari tomonidan Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilarining dam olish kunlarini mazmunli oʻtkazish maqsadida Samarqand shahridagi diqqatga sazovor joylarga sayohatlar tashkil qilindi.

Mazkur sayohatda yoshlar shahrimizning noyob va diqqatga sazovor joylari bilan yaqindan tanishish imkoniga ega boʻlishdi.

Bu kabi tadbirlar yoshlar qalbida vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻularini mustahkamlashga xizmat qiladi.