News

Oromgohda dam olayotgan bolajonlar holidan xabar olindi

29.7.2022 2255

Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchi va xodimlari Toshkent viloyati Bo‘stonlik tumanida joylashgan Chimyon bolalar oromgohida dam olayotgan Chirchiq shahridagi 14-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari holidan xabar olib, bolajonlarning maroqli dam olishlari uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi.

Shu bilan bir qatorda, kunning ikkinchi qismida tarbiyalanuvchilar ishtirokida madaniy va maʼrifiy tadbirlar tashkillashtirildi.