News

Yangi yil sovg‘alari bolajonlarga ulashilmoqda

4.1.2024 1744

Milliy gvardiya Xorazm viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan Xorazm viloyatidagi barcha Oilaviy bolalar uylari farzandlariga Yangi yil sovg‘alari ulashildi. Qorbobo, qorqiz va ertak qahramonlarini ko‘rgan bolajonlar o‘zlarining yangi yil bayramiga bag‘ishlab yod olgan sheʼrlarini, yangi yil tilaklarini bildirdi. Qorbobo ham oilalarga yangi yilda omad va baxt tilab, oilaviy quvonch va totuvlik hech qachon tark etmasligini tiladi.