News

“Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi” koʻrik-tanlovining viloyat bosqichi gʻoliblari safida Buxoroda joylashgan oilaviy bolalar uylari rahbarlari ham taqdirlandi

16.5.2024 1179

15-may “Xalqaro oila kuni munosabati bilan Buxoro viloyati oila va xotin-qizlar boshqarmasi tomonidan "Yangi Oʻzbekistonning ibratli oilasi" koʻrik tanlovining viloyat bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi oʻtkazildi.

Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 2-sentabrdagi 437-son Qaroriga muvofiq "Ibratli oila" koʻkrak nishoni taʼsis etilgan. Buxoro viloyatidan ham farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan 13 ta oila ushbu koʻkrak nishoniga munosib topildi. Tadbir doirasida dastlab koʻkrak nishoni oʻz egalariga topshirildi. 
Soʻng koʻrik tanlovning viloyat bosqichida ishchi guruh xulosasiga koʻra gʻolib topilgan "Ibratli oilalar" taqdirlandilar.
Quvonarlisi shundaki, tadbirda 2 va 8 Oilaviy bolalar uyi rahbarlari ham "Ibratli oila" koʻkrak nishoni sohibi boʻlishdi.