Buxoro viloyati Jondor tumanida yashovchi Ahad Qahhorovich va Marhabo Davronovnalar o‘z oilasi bag‘riga olgan besh nafar qizlardan biri-Estera bolaligidan raqsga tushishni yaxshi ko‘radi. Yillar o‘tgan sari uni o‘zbek xalq raqslari o‘ziga rom eta boshladi.
Esteraning ta‘kidlashicha, o‘zbek milliy raqsi xalq ruhi, marosimlari, urf-odat va an‘analarini o‘zida aks ettiruvchi, yosh avlod ongida mehr-oqibat, nafosat uyg‘otuvchi hamda estetik didni shakllantiruvchi san‘at turidir. Shu bois, Estera o‘zi tahsil olayotgan maktabda qizaloqlarga o‘zbek xalq raqsini o‘rgatishga qaror qildi. Yaqinlari Esteraga bu sohada albatta, muvaffaqiyat qozonishini aytishganida, u buni muvaffaqiyat uchun emas balki, raqs sanʼatini chin dildan yaxshi ko‘rgani va bu mehrini do‘stlariga ham ulashish uchun qilayotganini taʼkidladi.