News

22 va 30-sonli Mehribonlik uylarida 18-noyabr — Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun munosabati bilan bir qator maʼnaviy tadbirlar oʻtkazildi.

18.11.2025 579

Tadbir boshida davlatimiz ramzlariga hurmat ifodasi sifatida Davlat bayrogʻi koʻtarildi va Oʻzbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi ijro etildi. Bayrogʻimiz rangi, timsollari, uning tarixiy va maʼnaviy ahamiyati haqida yoshlarga maxsus tushuntirishlar berildi.
Shundan soʻng, barcha yosh iqtidorli tarbiyalanuvchilar "Bayrogʻimiz-faxrimiz-gʻururimiz" shiori ostida rasmlar chizishdi.