News

O‘zbekiston Respublikasida davlat tiliga maqom berilganligining 36 yilligi munosabati bilan Termiz shahar 16-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Muqaddasim, munavvarim — ona tilim” nomli adabiy-badiiy kecha tashkil etildi.

21.10.2025 397

Tadbirda o‘quvchilar ona tilimizning boy tarixiy merosi, buyuk adib va mutafakkirlarimizning tilga bergan yuksak baholari, hamda bugungi kunda davlat tili sifatida o‘zbek tilining jamiyat hayotidagi o‘rni haqida badiiy chiqishlar, she’rlar, sahna ko‘rinishlari va kuy-qo‘shiqlar orqali ifodali tarzda namoyish etdilar.

Kecha davomida o‘quvchilarning tilga bo‘lgan muhabbati, milliy qadriyatlarimizga hurmati yaqqol sezilib turdi. Tadbir nafaqat ma’naviy-ma’rifiy ahamiyat kasb etdi, balki yoshlarda ona tiliga nisbatan faxr va mas’uliyat hissini yanada mustahkamladi.