News

Bolajonlarga Prezident sovgʻalari tantanali ravishda topshirildi

29.12.2023 760

Navoiy shahridagi “Farhod madaniyat saroyida” Yangi yil bayrami munosabati bilan bolajonlarga Prezident sovgʻalarini topshirishga bagʻishlangan marosim oʻtkazildi. Tadbirda oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari, ota-ona qarovisiz qolganlar, Vatanimiz tinchlik- osoyishtaligini saqlash yoʻlida qurbon boʻlgan yurt fidoyilarining farzandlari, ijtimoiy himoyaga ehtiyojmand oilalar bolalari, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari ishtirok etishdi.
Yangi yil bayramini orziqib kutgan, katta orzu-umidlar bilan yashayotgan bolajonlarga viloyat hokimi, Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi boshligʻi, viloyat sektor rahbarlari tomonidan Prezident sovgʻalari topshirildi. Ular Navoiylik 178 nafar oʻgʻil-qizga moʻljallangan boʻlib, 17 turdagi shirinliklar, kanselyariya mahsulotlari, smart soat, dars magnit taxtasidan iborat.
Marosim yakunida “Yangi yil quvonchi” deb nomlangan teatrlashtirilgan konsert dasturi namoyishi hamda bayramona tushlik tashkil etildi.