News

Bolalar oʻrtasida sodir etilishi mumkin boʻlgan yoʻl-transport hodisalarini oldini olishga qaratilgan "Diqqat, bolalar!" tadbiri tashkil etildi.

13.11.2024 1103

Sh.Rashidov tumanidagi 6-sonli umumtaʼlim maktabida Milliy gvardiya Jizzax viloyati boshqarmasi Bolalar bilan ishlash boʻlimi inspektor-psixologi tomonidan sodir etilayotgan yoʻl-transport hodisalari va ularning oqibatlari yuzasidan profilaktik tadbir oʻtkazildi.

Unda piyodalar harakati, yoʻl transport hodisalarining oldini olish, velosipedda harakatlanish qoidalari, yoʻl belgilari toʻgʻrisida oʻquvchilarga maʼlumot berildi hamda yoʻl-harakati qoidalariga amal qilishga targʻib qiluvchi videorolik namoyish etildi.