News

Bolalar oromgohida yozgi taʼtil kunlarini o‘tkazayotgan 22-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bilan “Yangi O‘zbekistonning baxtli farzandlarimiz” shiori ostida tadbir tashkil etildi. Unda Milliy gvardiya qo‘mondoni R. Djurayev yoshlar bilan uchrashib, dildan suhbatlashdi va tarbiyalanuvchilarga samimiy tilaklarini bildirdi.

4.7.2024 2082

Mazkur tadbirda, Milliy gvardiya qo‘mondonligi, Bolalar psixologiyasi markazi psixolog-mutaxassislari, hamkor tashkilotlar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbir tashkilotchilarining mazkur madaniy kechaga yuqori tayyorgarliklari ilk sahna ko‘rinishidanoq sezilib, “Kelinlar qo‘zg‘oloni” spektaklidagi obrazlar tarbiyalanuvchilar tomonidan mahorat bilan ijro etilishi bunga yaqqol misol bo‘la oldi.

Shuningdek, Milliy qadriyatlarimiz bilan bog‘liq sahna ko‘rinishlari va Vatan tuyg‘usini o‘zida mujassam etgan jonli ijrodagi qo‘shiqlar barchaga bayramona kayfiyat ulashdi.

Ayniqsa, tarbiyalanuvchilarning “Qo‘l jangi” bo‘yicha ko‘rgazmali chiqishlari barchaga manzur bo‘ldi.

Milliy gvardiya ashula va raqs ansambli xonandalarining konsert dasturlari bilan davom etgan tadbirda “Birlashaylik, Yangi O‘zbekiston yoshlari” qo‘shig‘i barcha ishtirokchilar tomonidan jo‘r bo‘lib kuylandi va bu yoshlar qalbida vatanparvarlik hissini uyg‘ota oldi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Tadbir so‘ngida tarbiyalanuvchilar uchun bayramona dasturxon yozildi va unda barcha ishtirokchilar musiqa sadolari ostida do‘stona suhbatlashdi