News

Yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ulari mustahkamlanmoqda

6.2.2026 605

Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Yoshlar ittifoqi Toshkent viloyati kengashi hamkorligida Ohangaron tumani “Qiziloy” MFY hududidagi 40-sonli umumta’lim maktabida vatanparvarlik ruhidagi targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.

Tadbir davomida gvardiyachilarning xizmat itlari bilan namoyishlari, qo‘l jangi usullari, qurol-aslaha va maxsus vositalar ko‘rgazmasi, kamondan otish mashg‘ulotlari hamda mazmunli davra suhbatlari o‘tkazildi. Ushbu tadbir yoshlar qalbida Vatanga muhabbat, milliy g‘urur va harbiy xizmatga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.