News

Yoz mavsumida bolalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida sog‘lomlashtirish oromgohlari tashkil etildi

5.6.2024 1608

Jizzax shahridagi 10-sonli umumtaʼlim maktabida o‘quvchi-yoshlarning yozgi taʼtil vaqtlarini mazmunli o‘tkazishlari, ularning jismoniy va aqliy salohiyatlarini oshirish, ularga yaxshi kayfiyat ulashish uchun kunduzgi bolalarni sog‘lomlashtirish oromgohi tashkil etildi.

Unda bolalar organizmining jismonan sog‘lom bo‘lishi va chiniqishi uchun masʼul pedagog xodimlar va inspektor-psixologlar tomonidan turli sport mashg‘ulotlari, ertalabki sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlari, fan to‘garaklari hamda ko‘ngil ochar tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Xulosa qilib aytganda, bunday yozgi sog‘lomlashtirish mashg‘ulotlarini tashkil etish kelajagimiz egalarini aqlan yetuk, jismonan sog‘lom bo‘lib voyaga yetishlarida puxta zamin yaratadi.