News

"Men Vatanparvarman” shiori ostida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida tadbirlar tashkil etildi.

30.1.2025 776

Yoshlarni Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, ularning qalbi va ongiga ona Vatanni sevish va uni ardoqlash muqaddas burch ekanini chuqur singdirish maqsadida Jizzax shahar Mudofa boshqarmasi, Milliy gvardiya Jizzax viloyati xarbiy xizmatchilari,Jizzax shahar garnizon harbiy boʻlimi, koʻp yillar harbiy tizimda faoliyat yuritgan faxriylar va Jizzax shahar MvaMTBga qarashli 31-sonli maktab maʼmuriyati  bilan hamkorlikda "Men vatanparvarman" shiori ostida o'quvchi qizlar o'rtasida tadbirlar o'tkazildi.
Tadbir boshida Jamiyatda qonun ustvorligi, xotin-qizlar, jumladan ayol harbiy xizmatchilarga berilayotgan imtiyozlar xususida batafsil ma'lumotlar berilib o’tildi.
Tadbirda  shartlar asosida badiiy chiqishlari va sahna ko'rinishlari orqali yoshlar qalbida Vatanga muhabbat tuyg'ularini yanada oshirdi.