News

Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Buxoro harbiy garnizoni hamkorligida "Harbiy qismda bir kunim" shiori ostida "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri tashkil etildi.

26.10.2024 1664

Mudofaa vazirligiga qarashli harbiy qismda tashkil etilgan tadbirga Buxoro shahrida joylashgan 9 va 10-sonli maktablarning yuqori sinf oʻquvchi yoshlari taklif qilindi. 

Tadbirda dastavval harbiy qism tarixi, shonli yoʻli haqida harbiy xizmatchilar tomonidan maʼlumotlar berib oʻtildi. Shundan soʻng, ishtirokchilarga saf maydonida mavjud qurol-aslaha va harbiy-texnikalarning koʻrgazmasi namoyish etildi.

Sayohat davomida yoshlarda harbiy xizmatchilarga yaratilgan shart-sharoitlar, Amir Temur hamda Jaloliddin Manguberdi oʻquv sinflari, ayniqsa, elektron oʻq otish xonasi yoshlarda katta taassurotlar qoldirdi.

Ushbu tadbirlardan ko’zlangan asosiy maqsad oʻsib kelayotgan yosh avlodning koʻnglida Vatan tuygʻusini yanada kuchaytirish, haqiqiy vatanparvar bo’lib ulg’ayishida hissa qo’shishdir.