News

Murg‘ak qalblarning maqsadi yuksak, kelajakka bo‘lgan ishonchi, qadami esa zalvorli bo‘ladi !

2.12.2022 1356

Ana shunday qalblarga taskin, ota-ona, oilaning aʼzosi maqomini bergan yaxshi insonlarning xonadoniga yaʼni Norin, Uychi tumanlaridagi Oilaviy bolalar uylariga Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari, viloyat maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i, tuman hokimining maʼnaviyat bo‘limi boshlig‘i, huquqni muxofaza qiluvchi organlar, mahalla faollari tashrif buyurishdi.

Bolalar bilan suhbat qurildi, ularning orzulari bir olam, qiziqishlari esa turfa xil.Ko‘zlarida samimiylik, hayotdan quvonish va o‘z kelajaklariga bo‘lgan ishonch porlab turibdi.

Bola uchun eng yaxshi sovg‘a - kitob, ularga kitoblar to‘plami tuhfa etildi.