News

Nukus shahridagi 3-sonli umumta’lim maktabida o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon!” shiori ostida vatanparvarlik tadbiri tashkil etildi.

17.10.2024 1023

Tadbir avvalida yurtimizda yoshlarning intellektual va ijodiy salohiyatini mustahkamlash, zamonaviy bilim va koʼnikmalarga ega, mamlakatning munosib kelajagi uchun javobgarlikni oʼz zimmasiga ola biladigan barkamol, maqsadga intiluvchan va sergʼayrat yoshlarni tarbiyalash bugunning eng dolzarb vazifalaridan biri ekanligi taʼkidlandi. Shundan so’ng o‘quvchi yoshlar uchun harbiy anjom-aslahalar ko‘rgazmasi tashkil etilib, xizmat davomida ulardan to’g’ri foydalanish tartibi tushuntirildi.

Bu kabi tadbirlarga yoshlarni keng jalb qilish kelajakda ular orasida sodir bo'lishi mumkin bo'lgan salbiy vaziyatlarning oldini olishga ham asosiy omil sifatida xizmat qilsa ajab emas.