News

QIZLARNING BILIM VA MAHORATLARI SINOVDAN O‘TKAZILDI

23.1.2022 1879

Qarshi shahridagi Yoshlar markazi binosida Qashqadaryo viloyatidagi oilaviy bolalar uylarida tarbiyalanayotgan qizlar o‘rtasida "Balli qizlar" ko‘rik tanlovi o‘tkazildi

Besh nafar qiz bellashgan tanlov tanishtiruv, pazandachilik, chuchvara tayyorlash hamda erkin mavzu shartlari asosida o‘tkazildi.

Yakuniy natijaga ko‘ra Kasbi tumanilik Marjona Muhammadiyeva birinchi, Shahrisabz tumanilik Yulduz Tursunova ikkinchi hamda yana bir Shahrisabzlik Milana Nijegorodseva uchinchi o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Milliy gvardiya Qashqadaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Yoshlar ishlari agentligi viloyat boshqarmasi, agentlikning "Qizlar ovozi" klubi, Maʼnaviyat va maʼrifat markazi viloyat bo‘limi hamda Yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligidagi tanlov qizg‘in o‘tgani bilan ahamiyatli bo‘ldi.

Yakunda ishtirokchilarga hamkor tashkilotlarning esdalik sovg‘alari topshirildi.