News

SAMARQAND VA QASHQADARYO VILOYATLARIDA HAM OILAVIY BOLALAR UYI FAOLIYATI YO‘LGA QO‘YILDI

21.9.2021 1902

Samarqand va Qashqadaryo viloyatlarida ham oilaviy bolalar uylari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.
Kitob tumanida istiqomat qiluvchi Haqnazarovlar oilasi Mehribonlik uyidan 5 nafar o‘g‘il-qizni olib oilaviy bolalar uyi faoliyatini yo‘lga qo‘ygan bo‘lsa, Samarqand shahridagi 1-sonli Mehribonlik uyidan 5 nafar tarbiyalanuvchini o‘z qaramog‘iga olgan Oqdaryo tumanida yashovchi Rahimovlar oilasi ham shu kabi ezgu ishga qo‘l urdilar.
Samarqand viloyatida shu yaqin kunlar ichida yana 4 ta oilaviy bolalar uyi ochilishi rejalashtirilgan.
Eslatib o‘tamiz joriy qilingan yangi tizim doirasida qisqa muddat ichida respublikamiz bo‘yicha 15 ta Oilaviy bolalar uylari faoliyati yo‘lga qo‘yildi.