News

Surxondaryoda "Mehr daftari"ga kiritilgan 41 nafar yigit-qizlarga noutbuklar topshirildi

11.11.2022 1304

Ayni paytda Surxondaryo viloyatida 497 nafar o‘g‘il-qizlar "Mehr daftari"ga kiritilgan.

Bugun ham ana shunday xayrli ishlarni davom ettirgan holda "Mehr daftari"ga kiritilgan 41 nafar yigit-qizlarga 41 dona noutbuk topshirildi.

Yosh avlodning bandligini taʼminlash va doimiy daromad manbaiga ega bo‘lishlari uchun taqdim etilgan mazkur qurilmalar Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat hokimligi hamda Xalq taʼlimi boshqarmasi masʼullari ishtirokida topshirildi.