News

XALQ VA ARMIYA – BIR TANU, BIR JON

9.1.2025 1121

Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi va 14-yanvar - Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan tadbirlar oʻtkazilmoqda. 

Xususan, Andijon shahridagi Prezident maktabida Milliy gvardiya Andijon viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi, Mudofaa vazirligi ishtirokida "XALQ VA ARMIYA – BIR TANU, BIR JON" shiori ostida vatanparvarlik tadbiri boʻlib oʻtdi. 

Tadbir davomida faxriy qorovul boʻlinmasining chiqishlari, zamonaviy harbiy qurol-aslaha koʻrgazmalari namoyish etilib, maxsus boʻlinmalar tomonidan turli jangovar chiqishlar oʻquvchilar tomonidan katta qiziqish bilan kuzatildi. 

Tadbirdan koʻzlangan maqsad, xalq va armiya yakdilligini yanada mustahkamlash, yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalashdan iboratdir.