Chirchiq shahri kamondan otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda  / / Buxoro shahridagi 35-umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev va Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi / / Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi / / “Oila-mahalla-maktab” tizimi amalda  / / “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda / / “Maktab-oila-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ishlar / / Maxsus reportaj : Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtirilmoqda / / Oilaviy bolalar uylari faoliyati, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ichki kechinmalari bilan tanishishingiz mumkin / / Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi / / Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi / / «Turon yo‘lbarslari» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi / / O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Xalq bilan armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya xodimlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorlikda Jizzax va Sirdaryo shahridagi Oilaviy uylar faoliyati ko‘zdan kechirildi / / Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi / / Farg‘ona shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiyxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi 

Ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalar ta’lim-tarbiyasi bo‘yicha yangi tizim joriy etiladi

28.7.2021 2078

Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida 28-iyul kuni nogironligi bo‘lgan, ota-ona qaramog‘idan mahrum va yetim bolalarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni kengaytirish hamda ijtimoiy nafaqalarni takomillashtirish masalalari bo‘yicha videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

Mamlakatimizda ijtimoiy himoyaga muhtoj bolalarni tarbiyalash va qo‘llab-quvvatlashning bir necha tuzilmalari yo‘lga qo‘yilgan. 13 ta Bolalar uyida 560 nafar, 16 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchasida 1 ming 823 nafar, 86 ta maxsus maktab-internatda 21 ming nafar o‘g‘il-qizlar tarbiyalanmoqda. Bundan tashqari, 79 ming nafar bolalar homiylik, vasiylik va oila patronati qaramog‘iga olingan. 

Yig‘ilishda mazkur muassasalardagi yoshlarning ta’lim-tarbiyasi, uy va ish bilan ta’minlanish darajasi tahlil qilindi.

So‘nggi o‘n yilda Mehribonlik uylari va Bolalar shaharchalari bitiruvchilarining 51 foiziga uy-joy ajratilgan. Mehribonlik uylaridan chiqqan yigit-qizlarning 64 foizi ish bilan ta’minlangan. Ta’lim-tarbiya sifati ham yuqori emas.

Davlatimiz rahbari Mehribonlik uylaridagi bolalarni oilaga yaqin muhitda tarbiyalash, bilim va ma’naviyatli, vatanparvar insonlar etib voyaga yetkazish zarurligini ta’kidladi.

Shu maqsadda bu borada yangi tizim joriy qilinishi belgilandi. Unga ko‘ra, 16 ta Mehribonlik uyi va 4 ta Bolalar shaharchalaridagi yoshlarning ta’lim-tarbiyasiga O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi mas’ul bo‘ladi. Buning uchun qo‘mondon o‘rinbosari lavozimi joriy etilib, alohida boshqarma tashkil etiladi.

Mehribonlik uylaridagi bolalarga saboq berish, ularni axborot texnologiyalari, xorijiy tillar, kasb-hunar va tadbirkorlikka o‘qitish, sport bilan shug‘ullanishlarini tashkil etish bo‘yicha yangi metodikalar ishlab chiqiladi. 14 yoshdan yuqori o‘g‘il-qizlarni eng talab yuqori kasblarga o‘rgatish yo‘lga qo‘yiladi.

Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Turizm va sport vazirligiga har bir Mehribonlik uyi va Bolalar shaharchasiga oliy o‘quv yurti hamda sport maktablarini biriktirish vazifasi qo‘yildi. Ular tomonidan fan va sport to‘garaklari tashkil etiladi, bunga jalb etilgan ustozlarga ustama to‘lanadi.

Bundan tashqari, sharoiti og‘ir bo‘lgan Mehribonlik uylari  Prezident Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va viloyat hokimliklari tomonidan otaliqqa olinadi.

Bugungi kunda Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilarining 17 foizi chin yetimlar, qolgan 83 foizi esa ota-onasi yoki yaqin qarindoshlari voz kechgan bolalar hisoblanadi. Bunday oilalarga moddiy yordam berish orqali aksariyat bolalarni o‘z oilasi bag‘riga qaytarish mumkinligi aytildi.

Vasiylik va homiylik organlarida 79 ming bola ro‘yxatda turadi, shundan 35 ming nafari farzandlikka olingan. Lekin,  ular bilan shug‘ullanish uchun tuman va shahar xalq ta’limi bo‘limlarida bitta xodim biriktirilgan.

Bu yetarli emasligi ta’kidlanib, har bir tuman va shahar hokimligida Vasiylik, homiylik va patronat ishlari bo‘limi tashkil etilishi hamda ularga 4 nafardan shtat ajratilishi belgilandi.

Shuningdek, Milliy gvardiya, maktabgacha ta’lim, xalq ta’limi, mahalla va sektor vakillaridan iborat ishchi guruh tuziladi. Ularga vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalarning ahvoli, oilaviy sharoitidan har hafta xabar olish yuklatiladi.

Vasiylik, homiylik va patronatga olingan bolalar 18 yoshga to‘lguniga qadar ular uchun mahalliy byudjetdan 1 million 200 ming so‘m, nogironligi bo‘lganlarga esa respublika byudjetidan 2 million 500 ming so‘m to‘lanadi. Nogironligi bo‘lgan bolalarni o‘z qaramog‘iga olgan oilalarga ularning parvarishi davrini mehnat stajiga qo‘shib hisoblash tartibi joriy etiladi.

Shu yil 1 sentyabrdan boshlab nafaqa miqdori oiladagi bolalar sonidan kelib chiqib belgilanadi. Bunda bolalar yoshi 14 yoshdan 18 yoshgacha, to‘lov muddati 6 oydan 12 oygacha uzaytiriladi.

Bundan tashqari, “temir daftar”ga kirgan oilalar farzandlari,  shuningdek, boquvchisini yo‘qotgan va nogironligi bo‘lgan bolalarga maktabga chiqishi uchun 500 ming so‘mdan beriladi.

Vasiylik, homiylik va patronatga olinganlar ham oliy o‘quv yurtlariga kirishda Mehribonlik uylari bitiruvchilari uchun ajratilgan qo‘shimcha kvotadan foydalanadilar.

Prezidentimiz Mehribonlik uylari bitiruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashni yanada kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. 

Jumladan, 18 yoshga to‘lgan, uy-joyga muhtoj yetim bolalarga  yangi qurilgan uy-joylar bepul ajratiladi. Buning uchun joriy yilda byudjetdan 120 milliard so‘m yo‘naltiriladi.

Yana bir yangilik – yetim yoki ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan iqtidorli talabalar stipendiyasi 50 foizga oshiriladi. Shuningdek, bunday talabalarga pensiya to‘lash muddati amaldagi 18 yoshdan 23 yoshgacha uzaytiriladi. Ularga zarur adabiyotlar sotib olishi uchun har yili bir marta 1 million 200 ming so‘m subsidiya beriladi.

Yig‘ilishda nogironligi bo‘lgan bolalarni qo‘llab-quvvatlash va davolash masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi. Davlatimiz rahbari bunday bolalarni zarur tibbiy vosita va aravachalar bilan ta’minlash, jarrohlik operatsiyalari o‘tkazish, implantant va protez o‘rnatish uchun qo‘shimcha mablag‘ ajratishga ko‘rsatma berdi.

Shuningdek, ixtisoslashgan maktablarga yirik korxonalar va klasterlarni biriktirib, sharoitlarni yaxshilash mumkinligi qayd etildi.

Voyaga yetmaganlar bilan ishlash komissiyalari o‘rniga Bolalar masalalari bo‘yicha milliy komissiya tashkil etilishi, hududiy komissiyalarga esa viloyat hokimlari rahbarlik qilishi belgilandi.

– Ota-ona mehridan mahrum va nogironligi bor bolalarni qo‘llab-quvvatlash, ularni jamiyatning faol a’zolari sifatida tarbiyalash  barchamizdan jiddiy e’tibor va amaliy harakatlarni talab qiladi. Birorta bola “men yetim yoki nogironman” deb o‘ksinmasligi, davlatimiz va jamiyatimizning mehridan chetda qolmasligi kerak. Ularni zamonaviy kasb-hunarlarga o‘qitish, barcha sharoitlarni yaratib berish nafaqat vazifa, balki muqaddas burchdir. Masalaga shu jihatdan yondashsak, ishimizda albatta natija bo‘ladi. Farzandlarimizga qilgan har bir yaxshiligimiz o‘n yaxshilik bo‘lib qaytadi, – deya ta’kidladi Shavkat Mirziyoyev.

Yig‘ilishda mutasaddilar, pedagog va yoshlar muhokama qilingan masalalar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.