Milliy gvardiya Toshkent shahri boʻyicha boshqarmasi harbiy qismida gvardiyachilar va ularning farzandlari ishtirokida “18 noyabr - Davlat bayrogʻi qabul qilingan kun” munosabati bilan ijodiy tadbir boʻlib oʻtdi
“Oʻzbekiston bayrogʻi — milliy iftixorimiz” shiori ostidagi ijodiy tanlovda bolajonlar katta qiziqish bilan ishtirok etdi. Tanlovning asosiy sharti — Davlatimiz bayrogʻini applikatsiya usulida yaratish edi.
Tadbir soʻngida yaratilgan har bir ijod namunasi alohida baholanib, taqdirlandi.
Bunday tadbirlar yosh avlod ongida milliy qadriyatlarga hurmat, Vatanga sadoqat va davlat ramzlariga muhabbat ruhini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.