Tadbirda Milliy gvardiya Navoiy viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchilari ishtirok etib, jami 685 nafar 7 yoshdan 14 yoshgacha bo‘lgan o‘quvchi-yoshlar uchun ko‘rgazmalar tashkil etildi.
Shuningdek, harbiy xizmatchilar tomonidan yoshlar bilan samimiy muloqotlar tashkil etilib, harbiylik kasbining sharafi va mas’uliyati, Vatan himoyachisi bo‘lishning yuksak burch ekani haqida tushunchalar berildi. Yoshlarning harbiy sohaga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida harbiy xizmatchilarning faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.