Milliy gvardiyaning Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi hamkorligida Uychi tumanidagi “Yorqin kelajak” nomli Oilaviy uy farzandlari uchun keng qamrovli tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Tadbir Uychi tuman ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikasida o‘tkazilib, bolajonlar pediatr, nevropatolog, oftalmolog, stomatolog, otorinolaringolog, kardiolog va boshqa mutaxassis shifokorlar ko‘rigidan to‘liq o‘tkazildi.
Ko‘rik davomida aniqlangan kasalliklar bo‘yicha bolalarga zarur davolash choralari belgilandi, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mazkur tashabbus bolalar salomatligini mustahkamlash, ularning sog‘lom o‘sib-ulg‘ayishiga ko‘maklashish va tibbiy madaniyatini oshirishga xizmat qilmoqda.