“Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari o‘rtasida “Sog‘lom hayot - baxtli kelajak garovi!”  shiori ostidagi  harbiy vatanparvarlik sport musobaqalari o‘tkazildi / / Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Toshkent shahridagi 22 va 30-sonli Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari hasharda faol ishtirok etishdi / / Mo‘ynoq tumanidagi 4-sonli maktabning 10-11 sinf o‘quvchilari o‘rtasida "Ona Vatanni himoya qilish muqaddas burch" shiori ostida harbiy sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya hamda Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan poytaxt maktablarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi / /  Poytaxt maktablarida o‘quvchilar bilan bir qator tadbirlar o‘tkazildi / / Axborot 24 | Harbiy-vatanparvarlik tadbirlari / / O‘quvchilar o‘rtasida huquqbuzarliklarni oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari o‘tkazildi / / Chirchiq shahri kamondan otish sporti boʻyicha Oʻzbekiston chempionatiga mezbonlik qilmoqda  / / Buxoro shahridagi 35-umumtaʼlim maktabida Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ota-onalar ishtirokida ochiq muloqot tadbiri tashkil etildi. Unda Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri oʻrinbosari Farhod Boqiyev va Milliy gvardiya qoʻmondoni oʻrinbosari Sarvar Mamayusupov ishtirok etdi / / Milliy gvardiya Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Chirchiq harbiy prokuraturasi hamkorligida “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” bo‘lib o‘tdi / / “Oila-mahalla-maktab” tizimi amalda  / / “Xavfsiz maktab” konsepsiyasini joriy etishga eʼtibor qaratilmoqda / / “Maktab-oila-mahalla” zanjirini mustahkamlash borasidagi ishlar / / Maxsus reportaj : Voyaga yetmaganlar oʻrtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi tizimi yanada takomillashtirilmoqda / / Oilaviy bolalar uylari faoliyati, ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ichki kechinmalari bilan tanishishingiz mumkin / / Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi nishonlandi / / Termiz tumanidagi 16-sonli maktabda “Rahbar va yoshlar uchrashuvi” tashkil etildi / / «Turon yo‘lbarslari» harbiy-vatanparvarlik sport musobaqasi / / O‘quvchi yoshlar o‘rtasida “Xalq bilan armiya - bir tanu, bir jon” shiori ostida harbiy vatanparvarlik sport musobaqasi o‘tkazildi / / Milliy gvardiya xodimlari hamda Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorlikda Jizzax va Sirdaryo shahridagi Oilaviy uylar faoliyati ko‘zdan kechirildi / / Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasida "Ochiq eshiklar kuni" o‘tkazildi / / Farg‘ona shahridagi 11-sonli umumtaʼlim maktabida "Navoiyxonlik kechasi" bo‘lib o‘tdi / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri o‘tkazildi / / Milliy gvardiya Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi inspektor-psixologlari hamda prokuratura masʼullari hamkorligida Sariosiyo tumanidagi 2-sonli umumtaʼlim maktabida “Mening maktabimda jinoyat bo‘lmaydi!” shiori ostida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi / / Jizzax shahridagi 31-sonli maktabda "Men vatanparvarman" shiori ostida tadbir o‘tkazildi / / “Farzandim jigarbandim” ko’rsatuvining 107-soni 58-sonli umumta’lim maktabidan tayyorlandi / / Inspektor-psixologlar uchun o‘quv seminari / / Milliy gvardiya Fargʻona viloyati boʻyicha boshqarmasida maktab oʻquvchi yoshlari va harbiy xizmatchilarning farzandlari uchun vatanparvarlik tadbiri tashkillashtirildi / / Maʼnaviy-maʼrifiy va sport tadbirlari oʻtkazildi / / Fargʻona viloyati "Qoʻriqlash" boshqarmasi xodimlari tomonidan Fargʻona shahridagi 1-sonli alohida taʼlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar maktabida kamondan otish boʻyicha maxsus mahorat darslari tashkil etildi / / Yoshlar uchun vatanparvarlik tadbirlari oʻtkazilmoqda / / "Vatan tayanchi" sardorlari uchun oʻquv-seminari tashkil etildi / / Maktablarda giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda / / Harbiy qismda "Ochiq eshiklar kuni" tadbiri hamda "Uch avlod uchrashuvi" oʻtkazildi 

Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari uchun ilk marotaba "Koinotga sayohat" nomli o‘ziga xos psixologik yo‘nalishdagi yangi yil tadbiri bo‘lib o‘tdi.

28.12.2022 1533

Mazkur tadbir Milliy gvardiya huzuridagi Bolalar psixologiyasi markazi tomonidan tashkil etildi.
Tadbirning o‘zgachaligi yoshlar psixologiyasi bilan bog‘liq yangicha yondashuvdagi qiziqarli o‘yinlar va ularning rang-barangligida bo‘ldi. Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari uchun tashkillashtirilgan mazkur tadbir maxsus tayyorlangan videorolik orqali yoshlarni "Kosmosga uchish" orzularini his qilishdek noyob tuyg‘ularni tuhfa qilishdan boshlandi.
Milliy gvardiya Psixologik markazi mutaxassislari tomonidan bolajonlar uchun oldindan tayyorlangan turli xildagi va ularning iqtidorini namoyon etishga yo‘naltirilgan uslubdagi o‘yinlar, shuningdek, haqiqiy rok musiqachilari, "Ilhom" teatri ijodkorlari va estrada xonandalari bolalarga nafaqat bayramona kayfiyat, balki o‘zgacha zavq baxshida etishdi. Bu esa Yangi yilga bag‘ishlangan boshqa tadbirlardan tubdan farq etib bolajonlar uchun 2023 yil tomon qo‘yilayotgan yuqori kayfiyatdagi ishonchli qadam bo‘ldi.
Albatta, an'anaviy tus olgan Qorbobo va Qorqiz ham ushbu tantanali tadbirga tashrif buyurib, o‘g‘il-qizlarni ko‘nglidan joy olishdi.
Bolajonlar uchun tashkil etilgan ko‘ngilochar va ma'rifiy tadbirda yangi yilga bag‘ishlangan bayramona konsert dasturi va yuqorida ta'kidlaganimizdek bayram formatiga moslashtirilgan yengil mahorat darslari, psixologik treningning ayrim turlari, sport mashg‘ulotlari elementlari, shuningdek, dasturlash, raqs, yoga, pazandalik, tikuvchilik kabi mashg‘ulotlar o‘tkazildi.
Mahorat darslarida Markaz mutaxassislari, jumladan, ko‘p yillik tajribaga ega amaliyotchi psixologlar, malakali xoreograflar va yoga bo‘yicha instruktorlar, shuningdek, tajribali pazandachilik ustalari, robototexnika to‘garaklari rahbarlari, rassomlar va sport ustalari ishtirok etdi.
Konsert davomida Toshkentning "Elektrooko" rok guruhi, Ma'naviyat va ma'rifat markazi estrada xonandalari, raqs ansambli bolajonlar uchun o‘z chiqishlarini namoyish etdi. Mehmonlar orasida jurnalist va blogerlar, " Quyi qavat" kitobi muallifi Aleksandra Ivanyujenka, "Xayot" uysiz hayvonlar boshpanasi asoschisi Iroda Matkarimovalar ham bor edi.
Tadbirdan ko‘zlangan maqsad Mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari, ota-onalar va homiylik ostidagi oilalar farzandlari o‘rtasida psixologiya fanini ommalashtirish hamda markaz ochilganidan buyon ikki yarim oy davomida tashrif buyurgan bolalarning bilim va ko‘nikmalarini namoyish etishdan iborat edi.
Shunday bo‘ldi ham tadbirda ishtirok etgan barcha bolajonlarga sovg‘alar ulashilib, bayramona tushlik ham tashkillashtirildi. Tadbir noan'anaviy boshlanganidek, yakuni ham o‘zgacha tus oldi, barcha bolajonlar o‘z orzulari ila havoga sharlar uchirishdi. Turli rangdagi sharlar bolajonlarning ezgu-tilaklarini amalga oshirish uchun Yangi 2023 yilni qarshi olgani osmonu falakka ko‘tarildi.
Qisqa muddat ichida Markaz mutaxassislari ota-onalar va oilaviy mehribonlik uylari tarbiyalanuvchilari o‘rtasida ishonchli munosabatlar o‘rnatishga hamda oilalarda ma'naviy-ruhiy muhitni yaxshilashga ko‘maklashishdi, shuningdek, har bir bolada mavjud bo‘lgan iste'dodlarning barkamol rivojlanishiga o‘z hissalarini qo‘shdi.
Markaz mutaxassislari tomonidan o‘smirlarga mustaqil hayotning birlamchi ko‘nikmalarini o‘rgatish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Oilaviy bolalar uylarini tashkil etgan ota-onalarda professional psixologlarning maslahatlariga bo‘lgan ehtiyojini inobatga olgan holda Bolalar psixologiyasi markazida "Tutingan ota-onalar klubi", onlayn guruh faoliyati yo‘lga qo‘yildi.

Ma'lumot uchun. Uchta Mehribonlik uyi (Toshkent shahridagi 30, 22-sonli va Chirchiq shahridagi 14-sonli, ularda 193 nafar bola tarbiyalanmoqda) tarbiyalanuvchilari bilan "moslashuvchanlik ko‘nikmasi" (mustaqil qaror qabul qilish va fikrlash, yangi ekologik sharoitlarga oson moslashish)ni shakllantirishga qaratilgan "Soft skills" bo‘yicha psixologik treninglar o‘tkazilmoqda; Mehribonlik va Oilaviy bolalar uylari farzandlari, homiylikka olingan bolalar bilan psixologik suhbatlar; maktabgacha bo‘lgan yoshdagi bolalar va o‘smirlar bilan chuqurlashtirilgan psixo-tuzatish ishlari; chuqur psixologik ishlarga muhtoj bolalar bilan psixodiagnostik ishlash; bolalarni oilaga moslashtirishga, ota-onalarda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan ruhiy stress va asoratlarning oldini olishga qaratilgan psixologik-pedagogik maslahat va treninglar; bolalarning xususiyatlari va fazilatlarini aniqlashda zamonaviy psixologik usullardan (art-terapiya, nevrografiya, musiqa va raqs, yoga) foydalangan holda transformasion treninglar o‘tkazilmoqda.