Bugun Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda viloyat Ijtimoiy himoya agentligi tashabbusi bilan viloyatdagi barcha Oilaviy uylar tarbiyalanuvchilari uchun unutilmas madaniy tadbir tashkil etildi.
Farg‘ona viloyati musiqali drama teatri sahnasida yosh tomoshabinlar uchun “Oltin jo‘ja” nomli spektakl namoyish etildi. Mazkur asar mehr, do‘stlik va ezgulik g‘oyalariga boy bo‘lib, bolajonlar tomonidan katta qiziqish va quvonch bilan tomosha qilindi.
Tadbir yoshlarning qalbida mehr, shukronalik va insonparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ularning san’at va madaniyatga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qildi.
Bu kabi ezgu tashabbuslar Milliy gvardiya tizimida yosh avlodni ma’naviy barkamollikka, vatanparvarlik va ezgulik ruhida tarbiyalash yo‘lida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarning amaliy ifodasidir.