News

Hamkorlikda vatanparvarlik tadbirlari Baxmal tumanida

24.1.2025 790

Oʻzbekiston respublikasi Milliy gvardiya Jizzax viloyati boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda Oʻzbekiston respublikasi chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari  bilan hamkorlikda Baxmal tumani MMTBga qarashli maktab oʻquvchilari oʻrtasida "Vatan ostonadan boshlanadi" mavzusida vatanparvarlik va sport tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida Sportning stol tenes, arqon tortish va arumres boʻyicha bellashuvlar, oʻquv qurollarining texnik taktik xarakteristikasi  boʻyicha tushuncha va maʼlumotlar berildi.
Tadbirda  Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari  oʻquvchilarga koʻrgazmali chiqishlar xizmat itidan foydalanish mashgʻulotlarini amalda koʻrsatib berishdi. Golib boʻlgan jamoalar taqdirlandi.