Oʻzbekiston respublikasi Milliy gvardiya Jizzax viloyati boshqarmasi harbiy xizmatchilari hamda Oʻzbekiston respublikasi chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari bilan hamkorlikda Baxmal tumani MMTBga qarashli maktab oʻquvchilari oʻrtasida "Vatan ostonadan boshlanadi" mavzusida vatanparvarlik va sport tadbiri oʻtkazildi.
Tadbir davomida oʻquvchi yoshlar oʻrtasida Sportning stol tenes, arqon tortish va arumres boʻyicha bellashuvlar, oʻquv qurollarining texnik taktik xarakteristikasi boʻyicha tushuncha va maʼlumotlar berildi.
Tadbirda Milliy gvardiya harbiy xizmatchilari va Chegara qoʻshinlari harbiy xizmatchilari oʻquvchilarga koʻrgazmali chiqishlar xizmat itidan foydalanish mashgʻulotlarini amalda koʻrsatib berishdi. Golib boʻlgan jamoalar taqdirlandi.