News

Harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari hamda Oilaviy bolalar uyi farzandlari uchun Zomin tumanidagi dam olish maskaniga sayohat tashkil etildi

30.9.2024 1369

Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi tashabbusi bilan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari hamda Oilaviy bolalar uyi farzandlarining dam olish kunlarini maroqli oʻtkazish maqsadida joriy yilning 29-sentabr kuni Zomin tumanidagi dam olish maskanlarining biriga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ota-onalar farzandlari bilan soʻlim tabiat qoʻynida dam olib, vaqtlarini maroqli va mazmunli tarzda oʻtkazdilar.