Milliy gvardiya Jizzax viloyati boʻyicha boshqarmasi tashabbusi bilan harbiy xizmatchilar va ularning oila aʼzolari hamda Oilaviy bolalar uyi farzandlarining dam olish kunlarini maroqli oʻtkazish maqsadida joriy yilning 29-sentabr kuni Zomin tumanidagi dam olish maskanlarining biriga sayohat tashkil etildi.
Sayohat davomida ota-onalar farzandlari bilan soʻlim tabiat qoʻynida dam olib, vaqtlarini maroqli va mazmunli tarzda oʻtkazdilar.