News

Milliy gvardiya yana ikki qizaloqni o‘z oilasi bag‘riga qaytardi

2.9.2021 1879

Buxoro viloyatida Milliy gvardiya psixologlari va tajribali mutaxassislar hamkorligida olib borilgan tushuntirish ishlari hamda joriy qilingan yangi tizim doirasidagi ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlar samarasida 32-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan opa-singillar Tosheva Gavhar hamda Zarinalar o‘z oilasiga qaytarildi. Ular mustaqilligimizning 30 yilligi bayramini oila davrasida o‘z yaqinlari bilan cheksiz xursandchilik bilan nishonlashdi.