Buxoro viloyatida Milliy gvardiya psixologlari va tajribali mutaxassislar hamkorligida olib borilgan tushuntirish ishlari hamda joriy qilingan yangi tizim doirasidagi ijtimoiy-iqtisodiy imtiyozlar samarasida 32-sonli Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari bo‘lgan opa-singillar Tosheva Gavhar hamda Zarinalar o‘z oilasiga qaytarildi. Ular mustaqilligimizning 30 yilligi bayramini oila davrasida o‘z yaqinlari bilan cheksiz xursandchilik bilan nishonlashdi.