News

Sirdaryoda  "Yosh gvardiyachilar" sinflari ochilishi davom etmoqda...

1.5.2024 1850

O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan yurt osoyishtaligini ta'minlash va o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomondan yetuk bo‘lib kamolga yetishi yo‘lida olib borayotgan chora-tadbirlar qatorida maktablarda harbiy vatanparvarlikka asoslangan Milliy gvardiya sinflari tashkil etilishi alohida diqqatga sazovor ishlardan biridir. 

Sirdaryo viloyati Mirzobod tumanida joylashgan 10-umumta'lim maktabida "Yosh gvardiyachilar"  sinfi tashkil etildi va bu orqali egnida harbiy libos kiyishni orzu qilayotgan, vatanga sodiq farzand bo‘lib, uni himoya qilishga hozirdan shay turgan o‘g‘il-qizlarimiz uchun mustahkam poydevor yaratildi.

Shu munosabat bilan tashkillangan tadbirda Guliston harbiy prokuraturasi, Milliy Gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar.