O‘zbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi tomonidan yurt osoyishtaligini ta'minlash va o‘sib kelayotgan yosh avlodni har tomondan yetuk bo‘lib kamolga yetishi yo‘lida olib borayotgan chora-tadbirlar qatorida maktablarda harbiy vatanparvarlikka asoslangan Milliy gvardiya sinflari tashkil etilishi alohida diqqatga sazovor ishlardan biridir.
Sirdaryo viloyati Mirzobod tumanida joylashgan 10-umumta'lim maktabida "Yosh gvardiyachilar" sinfi tashkil etildi va bu orqali egnida harbiy libos kiyishni orzu qilayotgan, vatanga sodiq farzand bo‘lib, uni himoya qilishga hozirdan shay turgan o‘g‘il-qizlarimiz uchun mustahkam poydevor yaratildi.
Shu munosabat bilan tashkillangan tadbirda Guliston harbiy prokuraturasi, Milliy Gvardiya Sirdaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi, viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi vakillari ishtirok etdilar.