21-oktabr — Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan 22-sonli Mehribonlik uyida “Qadring baland boʻlsin, ona tilim” shiori ostida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir boʻlib oʻtdi.
21.10.202510
Tadbirda bolalar ona tilimizning qadri, uni asrab-avaylash va u bilan faxrlanish haqidagi fikr va sheʼrlarini ifodaladilar. Shuningdek, qoʻshiq va sahna koʻrinishlari orqali oʻzbek tiliga boʻlgan muhabbatlarini namoyon etdilar.