16 yoshdan 18 yoshgacha boʻlgan jami 35 nafar bola Toshkent shahrida joylashgan "ARTEL Eletstronitss" kompaniyasining korxonalariga tashrif buyurishdi. Ekskursiya davomida bolalar mahalliy brend tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlar namunalari bilan tanishdilar, koʻp yillar davomida ARTEL kompaniyasida faoliyat olib borayotgan xodimlar bilan suhbatlashdilar.
Mazkur tadbir Milliy gvardiya tashabbusi bilan tashkil etilgan boʻlib, asosiy maqsad yaqinda katta hayotga qadam qoʻyadigan oʻspirinlarni kasbga yoʻnaltirishdan iborat. Kompaniya ishchilari bilan boʻlgan suhbat bolalarda mazkur kasblarga boʻlgan qiziqishlarini oshirdi. Ehtimol, bolalar orasida mazkur brend ostida yangi uy jihozlarini ishlab chiqarish niyati tugʻilgan boʻlsa ajab emas.