O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti joriy yilning 17 dekabr kuni Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 30-sonli yordamchi Mehribonlik uyiga bordilar.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan tarbiyalanuvchilarga tayyorlangan “Yo‘l harakati qoidalari” uslubiy qo‘llanmasi ko‘rsatilib fikr va mulohazalari o‘rganildi.
Mehribonlik uyi kutubxonasida tayyorlangan uslubiy qo‘llanmaga o‘xshash adabiyotlar mavjudligi o‘rganildi. Mehribonlik uyi rahbariyati va tarbiyalanuvchi kafedra tomonidan tayyorlangan uslubiy qo‘llanma tarbiyalanuvchilarga kunning ikkinchi yarmida tashkil etiladigan tadbirlarda ular uchun metodik yordam bo‘lishini aytdilar.