Chilonzor tumanidagi 22-sonli Mehribonlik uyining tarbiyalanuvchilarini dam olish kunini mazmunli o‘tkazish maqsadida Mehribonlik uyi rahbariyati tomonidan "G‘alaba bog‘i"ga sayohat amalga oshirildi. Sayohat davomida bolajonlar boy tariximiz va urush yillarini esga soluvchi asori atikalar, harbiy texnika va qurol- aslahalar naʼmunalari hamda front ortida xalqimiz ko‘rgan qiyinchilik va urushga mehnatkash xalqimizni kilgan yordamlari bilan yaqindan tanishdilar. Xarbiy vatanparvarlik ruxida utgan bugungi sayohat yoshlarda katta taassurotlar qoldirdi.