Bugun Toshkent viloyati hamda poytaxtimizda joylashgan Mehribonlik va oilaviy bolalar uylarining jami 460 nafardan ortiq tarbiyalanuvchilari Milliy gvardiya qo‘mondonligi tashabbusi bilan “Xumo arena” muz saroyida “Sirk Nikulina na ldu” deb nomlangan tomoshaga tashrif buyurdi. Bir-biridan qiziqarli va taassurotlarga boy bo‘lgan sirk ijodkor, san’atkor hamda aktyorlarining chiqishlarini bolajonlar katta hayajon va quvonch bilan kuzatib borishdi.