Milliy gvardiya Navoiy viloyati boʻyicha boshqarmasi tashabbusi bilan Tomdi tumanidagi Oilaviy bolalar uyi farzandlari uchun Sharq gavhari-Samarqand shahriga sayohat tashkil etildi.
Bolalar Samarqand shahrining meʼmoriy yodgorliklari boʻlgan Ulug‘bek, Sherdor, Tillakori madrasalari kabi qadimiy obidalarni ziyorat qildilar.
Shu bilan bir qatorda, sayohat davomida yoshlar shaharning betakror obidalari, uning o‘tmishi va buguni bilan yaqindan tanishish imkoniga ega bo‘ldi.
Shuni taʼkidlash joizki, bu kabi tadbirlar yoshlar qalbida Vatanga boʻlgan muhabbat va sadoqat tuyg‘ularini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.